Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:25

@GulnaraKarimova: Forum TVni "pogrom" qilishdi


20 oktyabrdan boshlab "siquv"ga olina boshlagan prezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimovaning deyarli barcha biznes ob‘ektlarida taftish ishlari davom etmoqda.

Shu paytgacha "o‘zi xon, ko‘lankasi maydon" bo‘lib kelgan Karimova xonim barcha tele- radiokanallari, kafe- restoranlari yopilib, nazoratida bo‘lgan boshqa biznes tarmoqlari ham "falajlangan" bir paytda o‘zining yagona "yupanchi" sifatida Twitterdan foydalanmoqda.

Har kuni deyarli 24 soat davomida bitik qoldirayotgan @GulnaraKarimova o‘z tvitlari orqali shov-shuvga sabab bo‘ladigan ma‘lumotlarni ham "oshkor" qilishdan to‘xtamayapti.


13 noyabr: Karimova: Forum TVni "pogrom" qilishdi


@GulnaraKarimovaning yozishicha, 13 noyabr kuni ertalab Forum TVga "bosqinchilik" qilingan.

“Ertalab Forum TVning yoshlar studiyasiga pogrom uyushtirildi... yoshlar haydaldi.. hozircha qurbonlar yo‘q.. Avvallari bu kabi avtomatli “qo‘rqinchli amaki”larni bolalarni qo‘rqitish uchun televizor orqali ko‘rsatishardi", deya tvitladi Karimova.



Sal keyinroq bu mavzuni yana davom ettirgan @GulnaraKarimova "pogrom payti odamlarni kaltaklashgani va tuhmatlarni bo‘yniga olishga majburlashgan"i haqida yozdi.

Efirdan bir kunda olib tashlangan Forum TV, TV-Markaz, NTT va SOFTS telekanallarining faoliyati shu kunlarda huquq-tartibot organlari tarafidan jiddiy taftish qilinayotgani xabar qilindi.

Hujatlaridagi maqomiga ko‘ra "nodavlat telekanal" bo‘lgan bu televideniyelarning asl egasi O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova ekani iddao qilinadi.

Toshkentda bitta bino ichida jam bo‘lgan va 21 oktyabr, ertalab soat 10 da efirdan to‘satdan g‘oyib bo‘lgan Forum TV, TV-Markaz, NTT va SOFTS kanallari rahbariyatiga "litsenzion shartlarga rioya qilmaganligi va qayd qilinmagan pul oqimini tashkil etgani" yuzasidan ayblovlar ilgari surilgan.
XS
SM
MD
LG