Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:36

Futbol: Bugun O‘zbekiston Vetnamga qarshi o‘ynaydi


Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2015 yilgi Osiyo kubogi saralash o‘yinlari doirasida Vetnam jamoasi bilan bellashadi.

Vetnam poytaxti Xanoy shahridagi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv Toshkent vaqti vilan soat 17:00da boshlanadi. Unda O‘zbekiston jamoasi oq, mezbonlar esa ko‘k libosda harakat qilishadi.

14 noyabr kuni o‘tgan o‘yinoldi matbuot anjumanida O‘zbekiston terma jamosi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z shogirdlarining g‘alabasiga ishonishini aytib o‘tdi.

- Biz Vetnamgacha olis masofani bosib o‘tdik. Qattiq charchagan bo‘lsak-da, bir kunlik dam olishdan keyin futbolchilar ham jismonan, ham ruhan tiklanib ulgurishdi… Biz o‘z kuchimizga ishonamiz va g‘alaba qozonamiz, - dedi Mirjalol Qosimov.

O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogi saralash o‘yinlari doirasidagi keyingi uchrashuvi 19 noyabrda Gonkongda mahalliy terma jamoaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Osiyo kubogi saralash bosqichining “E” guruhida bellashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi ayni damda 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rinni uch o‘yinda uchta g‘alabaga erishgan BAA jamoasi egallab turibdi.
XS
SM
MD
LG