Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:19

WSJ: Snapchat xizmati 3 milliard dollarga baholandi, biroq sotilmadi


Facebook ijtimoiy tarmog'i Snapchat messenjerini 3 milliard dollarga baholadi, biroq rasmlar orqali chat yuritish xizmati dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq taklifini rad etdi.

Bu haqda Snapchat shirkatiga yaqin manbalariga asoslanib The Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Facebook kompaniyasi Snapchat xizmatini sotib olish niyatida ekani haqidagi xabarlar ilk bor oktyabr oyida tarqalgan edi.

Xarbarlarga ko'ra, ijtimoiy tarmoq messenjerga dastlab 1 milliard dollar, keyinroq esa 3 milliar dollar taklif etgan. Snapchat ikkala taklifga ham rad javobini bergan.

The Wall Street Journal'ning yozishicha, Snapchat xizmatiga xitoylik Tencent Holdings shirkati ham qizishish bildirmoqda va xizmatni sotib olish uchun 4 milliard dollar berishga tayyor.


Snapchat qanday dastur?


Snapchat xizmati 2011 yili AQShning Stenford universiteti talabalari tarafidan ishga tushirilgan. Android va iOS plaformalarida ishlay oladigan ushbu dasturda foydalanuvchilar bir-biri bilan faqat rasm va 10 soniyagacha bo'lgan videolar orqali muloqotda bo'lishi mumkin.

Dasturda rasm va videolarga matn yoki chizmalar kiritish funksiyasi ham bor.

Snapchat orqali yuborilgan fayllar ko'rilganidan so'ng 5 soniya ichida avtomatik tarzda o'chiriladi.

Dastur smartfonga o'rnatilib bo'lganidan so'ng undagi kontaktlarni sinxronlashtirib, kontaktlar orasidagi Snapchat dasturi bo'lgan foydalanuvchilarni ko'rsatib beradi.

Xizmat asoschilariga ko'ra, Snapchat foydalanuchilari bir kunda 350 million atrofida surat va videolar yuborishadi.
XS
SM
MD
LG