Линклар

20 oktyabrdan boshlab "siquv"ga olina boshlagan prezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimovaning deyarli barcha biznes ob‘ektlarida taftish ishlari davom etmoqda.

Shu paytgacha "o‘zi xon, ko‘lankasi maydon" bo‘lib kelgan Karimova xonim barcha tele- radiokanallari, kafe-restoranlari yopilib, nazoratida bo‘lgan boshqa biznes tarmoqlari ham "falajlangan" bir paytda o‘zining yagona "yupanchi" sifatida Twitterdan foydalanmoqda.

Har kuni deyarli 24 soat davomida bitik qoldirayotgan @GulnaraKarimova o‘z tvitlari orqali shov-shuvga sabab bo‘ladigan ma‘lumotlarni ham "oshkor" qilishdan to‘xtamayapti.


15 noyabr. Karimova "zaharlanganini isbotlovchi hujjat"ni keltirdi


Karimova xonim o‘zini zaharlashga harakat qilishganini yana bir bor ta‘kidlab, ushbu "suiqasd urinishini isbotlovchi hujjat"ni tvit lentasida e‘lon qildi.

“Zaharlashga harakat qilishgandi... bir necha oydan buyon davolanayapman”, degan @GulnaraKarimova “zaharlanish voqeasiga ishonmayotganlar uchun isbot” sifatida bir hujjatni e‘lon qildi.



Nemis tilida yozilgan va ko‘rinishidan tibbiy xulosaga o‘xshash ushbu ma‘lumotnomada biror ism ko‘rsatilmagan. Hujjat kimga berilgani va kim tomonidan berilgani ham noma‘lum.

Na biror bir ism-familiya, na uning berilgan sanasi ma‘lum. Hujjatda faqat minerallar miqdori haqidagi ma‘lumotlar bor xolos.

Ma‘lumotnomaning qizil rangli qalam bilan ustidan chizilgan joyida rux va simob miqdorining normadan ziyod ekani ko‘rsatilgan.

Karimova xonim 31 oktyabr kuni ham o‘zini zaharlamoqchi bo‘lishgani haqida yozgandi.

"Meni simobga o‘xshagan og‘ir metal bilan zaharlashga harakat qilishdi. Xudoning xohishi bilan meni oyoqdan yiqita olganlari yo‘q. Lekin hanuz davolanayapman", deya yozgan Karimova bu voqea qachon, qayerda, kim tomonidan qilinganini ochiqlamagan.
XS
SM
MD
LG