Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:25

“O‘zspirtsanoat” o‘z zavodlarini qayta jihozlashga $ 12 million sarflamoqchi


Davlatga qarashli “O‘zspirtsanoat” aktsiyadorlik kompaniyasi 2013-2015 yillarda O‘zbekistondagi etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaradigan zavodlarni qayta jihozlash uchun 12 million AQSh dollari sarflamoqchi.

"Times of Central Asia" nashri xabariga ko‘ra, o‘tgan haftada kompaniya Andijon biokimyo zavodi, Qo‘qon spirt va Toshkentdagi Bektemir spirt zavodlariga yangi uskunalar sotib olish bo‘yicha tender e‘lon qilgan.

Shirkat mutaxassislariga ko‘ra, zavodlarning yangi uskunalar bilan jihozlanishi 2016 yilga borib O‘zbekistonda spirt ishlab chiqarish hajmini taxminan 25 foizga ko‘paytirish imkonini beradi.

O‘zbekiston hukumati 2004 yilda "O‘zvinsanoat" xoldingi tarkibida "O‘zspirtsanoat" shirkati tashkil etgan.
XS
SM
MD
LG