Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:35

Pora evaziga xodimlarni paxtadan ozod qilgan bosh shifokor ishdan olindi


Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan “Bog‘i Usmon” shifoxonasi bosh vrachi Farmon Azimov pora evaziga o‘z xodimlarini paxta terimidan ozod qilgani uchun ishdan olindi.

Uznews.net nashrining xabar qilishicha, tibbiyot xodimlarini paxtaga olib chiqish masalasini nazorat qilgan Azimov dalaga chiqishni istamagan xodimlardan 200 ming so‘mdan pul olgan.

Bu mablag‘ni berolmagan shifoxona xodimlari Pastdarg‘om tumanidagi Xonqishloq fermer xo‘jaligida 15 kunlab paxta terishga majbur bo‘lganlar. Ularga kuniga 60 kilogrammdan paxta terib berish majburiyati yuklangan.

Ismi zikr etilmagan samarqandlik huquq faoli fikricha, Farmon Azimov pora evaziga xodimlarini paxtadan ozod qilgani haqida mustaqil nashr yozgani uchungina ishdan bo‘shatilgan, vaholanki, bunday holatlar butun mamlakat bo‘ylab ko‘plab topiladi.

“Agar bu mantiqdan kelib chiqilsa, odamlarni paxtaga haydayotgan va butun mamlakatdan pora shilayotgan prezident va hukumatni ishdan bo‘shatish kerak”, deya iqtibos keltiradi mahalliy huquq faoli so‘zlaridan Uznews.net nashri.
XS
SM
MD
LG