Линклар

logo-print

Aholiga gaz yetkazishga mas‘ul "O‘ztransgaz" rahbari ishdan olindi


Har yili kuz-qish mavsumida kuzatiladigan gaz ta‘minotidagi uzilishlar joriy yilda, ayniqsa, avj-olgan.

Har yili kuz-qish mavsumida kuzatiladigan gaz ta‘minotidagi uzilishlar joriy yilda, ayniqsa, avj-olgan.

“O‘ztransgaz” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi bosh direktori To‘lagan Jo‘rayev ishdan olindi. Bu haqdagi xabarni davlatga qarashli shirkat vakili Ozodlikka tasdiqladi. “O‘ztransgaz”ni 2010 yil noyabridan boshqarib kelgan To‘laganovning ishdan olinishi sabablari rasmiylar tarafidan izohlanmayapti. Lekin hukumatning bu qarori O‘zbekistonning aksar hududlarida aholiga gaz yetkazib berilmayotgan paytga to‘g‘ri kelmoqda.

“O‘ztransgaz” davlat aktsiyadorlik shirkati bosh direktori To‘lagan Jo‘rayevning hukumat qarori bilan ishdan olingani to‘g‘risidagi xabarni Ozodlik manbalari tasdiqladi. Davlat shirkatidagi manbaga ko‘ra, bunga doir hukumat qarori o‘tgan hafta oxirida qabul qilingan.

Shaxsi sir qolishini so‘ragan suhbatdoshimizga ko‘ra, hozirda bosh direktor vazifasini vaqtincha uning birinchi o‘rinsboari Bahodir Eshmurodov bajarib turishi aytilgan.

“O‘ztransgaz” shirkatidagi Ozodlik manbasi To‘lagan Jo‘rayevning nima sababdan ishdan olingani rahbariyat tarafidan izohlanmayapti.

“O‘ztransgaz” O‘zbekistonda ichki iste‘molchilarga tabiiy gaz yetkazib berilishi va aholidan to‘olvlarni yig‘ishni tashkil qilish uchun mas‘ul bo‘lgan asosiy tashkilotdir.

Davlat shirkatini roppa-rosa ikki yil boshqargan Jo‘rayevning bosh direktor lavozimidan olinishi kuz-qish mavsumida, har yilgidek, mamlakatning aksar hududlarida aholiga gaz yetkazib berishda uzilishlar avj olgan paytga to‘g‘ri kelmoqda.

Har yili kuz-qish mavsumida kuzatiladigan gaz ta‘minotidagi uzilishlar, O‘zbekiston viloyatlaridan shu kunlarda kelayotgan xabarlarga ko‘ra, joriy yilda, ayniqsa, avj-olgan.

Kuzatuvchilar qish sovug‘ida aholining tabiiy gazsiz qolishi ijtimoiy beqarorlik omiliga aylanishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

O‘tgan hafta Samarqand shahrining Sartepa mavzesida yuzga yaqin mahalliy aholi uch kun davomida gaz berilmaganiga norozilik o‘laroq, mavzedan o‘tadigan avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi.

Ozodklik bilan suhbatlashgan samarqandliklar Sartepa mavzesining Xo‘jasoat mahalalsiga 2, 3 va 4 noyabr kunlari umuman gaz bermaganini bildirgan edi.

Rasmiy ma‘lumotlraga ko‘ra, O‘zbekiston yiliga qariyb 60 milliard kub metr gaz qazib oladi. Uning 40 milliard kub metri ichki iste‘molchiga yetkazilishi aytiladi.

Mutaxassislar fikricha, buncha gaz mamlakatning ichki ehtiyojini to‘la qondirishi mumkin. Lekin negadir keyingi bir necha yil davomida mamlakatning aksar mintaqalari yilning sovuq mavsumlarida gazsiz qoladi.

Joriy yil yoz oylarida esa, O‘zbekistonning chekka qishloqlarida yashovchi aholi gaz quvurlaridan butunlay uzib qo‘yildi.

To‘lagan Jo‘rayev “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi tarkibidagi “O‘ztransgaz” shirkatini 2010 yilning noyabridan beri boshqarib kelgan.

Bu shirkat boshqaradigan mamlakat ichidagi magistral gaz quvurlarining umumiy uzunligi shu kunda 14 ming kilometrni tashkil qiladi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG