Линклар

logo-print
20 oktyabrdan boshlab "siquv"ga olina boshlagan prezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimovaning deyarli barcha biznes ob‘ektlarida taftish ishlari davom etmoqda.

Shu paytgacha "o‘zi xon, ko‘lankasi maydon" bo‘lib kelgan Karimova xonim barcha tele- radiokanallari, kafe- restoranlari yopilib, nazoratida bo‘lgan boshqa biznes tarmoqlari ham "falajlangan" bir paytda o‘zining yagona "yupanchi" sifatida Twitterdan foydalanmoqda.

Har kuni deyarli 24 soat davomida bitik qoldirayotgan @GulnaraKarimova o‘z tvitlari orqali shov-shuvga sabab bo‘ladigan ma‘lumotlarni ham "oshkor" qilishdan to‘xtamayapti.


Gulnora Karimova "shogirdlari" terrorizmda ayblanib hibsga olindi


Karimovaning bugungi tvit-xabariga ko‘ra, "Kelajak ovozi" Yoshlar tashabbuslari markazining faollari terrorizmda ayblanib, hibsga olingan.

@GulnaraKarimova "Hozir KO ("Kelajak ovozi"markazini nazarda tutayapti)ning Internet makoni bo‘yicha seminari qatnashchisini Internet uyushmasidagi ishtiroki uchun olib ketishayapti", deya xabar qilib, bu ayblovni "absurd" deya atadi.


"Barcha, kimki, aqli va yuragidan ayrilmagan bo‘lsa! Yoshlarni sindirish mumkin emas!", deya ta‘kidlagan Gulnora keyingi tvitlarida yozishicha, faol -talaba qiz bo‘lib, u kechasi uyidan militsiya bo‘limiga olib ketilgan.

"Karakoz Evelinani hukumatga qarshi taqiqlangan saytlarga kirgani uchun militsiya bo‘limiga olib ketishgani"ni yozdi Karimova.

"Bu 1938 yil emas-ku, tunda sekingina uyidan olib ketish uchun", deya tvitlagan Karimova o‘zining ham militsiya bo‘limiga borgani haqida yozdi.



Gulnora "shogirdi"ning himoyasi uchun militsiyaga borganmi yoki faolning "faoliyati" uchun ko‘rsatmaga chaqirtirilganmi, Karimova buni ham ochiqlamadi.

Karimovaning keyingi tvitlaridan ma‘lum bo‘lishicha, bugunning o‘zida "Kelajak ovozi"ning o‘ndan ortiq faoli terrorizmda ayblanib, hibsga olingan.

Gulnoraga ko‘ra, bir paytning o‘zida o‘ndan ortiq manzildan eng taniqli va iste‘dodli "kelajakchilar"ni olib ketishgan.

@GulnaraKarimova jumladan, "Toshkent Tibbiyot institutining talabasi va "Kelajak ovozi" faoli, "Biz bir jamoamiz!" talabalarining treneri Shohruh G‘aniyev ham uyidan yo‘qolgan"ini ma‘lum qildi.
XS
SM
MD
LG