Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:15

Gulnora Karimova: Onam meni yo‘q qilishga kirishdi!


O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova Twitter sahifasi yopilib qolishidan avval shov-shuvli ma‘lumotlar bitilgan maktubni e‘lon qildi. Rus tilida yozilgan xatni o‘zbek tiliga tarjimasini e‘tiboringizga havola qilamiz.

Ko‘pchilik ro‘y berayotgan hodisalar nimadan va qanday kelib chiqqanini bilmay hayron qolmoqda... Hozircha buni tahlil qilish fursati bo‘lmasa kerak... vaqt – eng yaxshi toshu tarozu...

Meni har doim hayot qiziqtirgan, sen har kuni qilishing mumkin bo‘lgan va qilayotgan narsalaring, ba‘zan hech narsa qilmagandek bo‘lib ko‘rinadi, hatto Fondlarning (Fond forum demoqchi-tahr.) navbatdagi bir oylik statistikasida yuz minglab turli avlod odamlari uchun tadbir va loyihalar amalga oshirilgani, viloyatlardagi Kelajak Ovozi, Mexr Nuri va Ayollar Kengashi markazlariga qilingan safarlar aks etganda ham... Mening I’m alive (Men tirikman-tahr.) qo‘shig‘imdagi so‘zlar shu haqda...


Lekin men bu behuda emasligiga ishonaman!


Meni boshqa narsa hayron qoldiradi – nega odamlar, juda yaqin odamlar, o‘zlarining profilari (xo‘jayinlari demoqchi-tahr.) va tashqaridagi manfaatdorlar qo‘lida qurol bo‘lib, bu narsalarni yo‘q qilishadi?! Hamma zamonlarda bunday fursatdan foydalanib, ro‘y berayotgan hodisalardan ancha avval programmalashtirilgan fitna urug‘ini sochishadi.

Zamonaviy dunyoda bu maqsadlar uchun butun boshli tahlil tuzilmalari, shirkatlar va psixoanalitiklar ishlaydi. Hech narsa o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi!

Men o‘zimning sarkash tabiatim hamda ishlaydigan, yaratadigan va ijod qiladigan odamlarni doimiy himoya qilishim bilan anchadan beri ba‘zilar uchun noqulay bo‘lib qoldim. Hatto hozir ham viloyatlarda ayollarni bepul diagnostika qilish, Yil Ayoli (Luchshaya jenshchina goda), Yangi Avlod (Novoye Pokoleniye), KO (Golos budushchego), viloyat KO (Kelajak ovozi demoqchi-tahr.) Yosh Tadbirkorlar Maktablarida master klasslari va Dilema yoshlar klubida saralash tanlovlari byo‘icha IShLAYoTGANlar haqida o‘z lentamda (Twitter sahifamda demoqchi-tahr.) informatsiyani...baxtli bolalar, ayollar, professionallar va yoshlarning yuzlari aks etgan fotolarni ko‘rish men uchun biroz g‘alati – bu hammasi ko‘rpa tagida ro‘y berayotgan bespredelga o‘ziga xos kontrastdir.

Buni tushinish mumkin, ayniqsa, puli bor va mutlaq hokimiyatga intilayotgan odamlar uchun! Lekin yaqinlar uchun emas...

Mening insoniy qaddim (shaxs sifatida o‘sishim, demoqchi-tahr.) oilamizdagi ayollar uchun doimiy noqulaylik hissiga sabab bo‘lishi tarixi har doim bo‘lgan...lekin bu vaziyatdan kelib chiqib va ular (onam bilan singlim demoqchi-tahr.) bilan muloqot qiladigan odamlarga bog‘liq tarzda o‘zgarib boradi!

!!!!Hissyotga berilganingda xato qilmasliging kafolatlanmagan!!!!

Men bu haqda onamga (prezident rafiqasi Tatyanya Karimova-tahr.) anchadan beri aytmoqchi bo‘lganman... u men “uning ishlariga aralashadigan bo‘lsam”, men bilan bog‘liq narsani yo‘q qilishni va‘da qildi! Lekin uning (onamning demoqchi-tahr.) “ishlarida” keyingi 2 yildan beri ro‘y bergan narsalar tashvishga sabab bo‘lmay qolmadi.

Hamma “o‘g‘irlayotgan bo‘lsa, nima bo‘pti” qabilidagi umumiy kayfiyat, soliqsiz va davlat bojlarisiz eksklyuziv tarzda faoliyat yuritgan Abu Saxiy aslida butun mamlakat uchun, mamlakat iqtisodini aylanib o‘tuvchi bojxona bo‘lib qolgan. Bu shirkat samolyoti O‘zbekiston bilan Xitoy, Turkiya, BAA o‘rtasida borib-kelib turadi va noqonuniy tovar aylanmasi ochiqlanib qolmasligi uchun mahsulotlarni eshikning tagigacha olib borib beradi.

Bundan 1,5 yil avval Farg‘onadagi bir nechta zavodga aloqador qator odamlar va qarindoshlarga qarshi boshlangan ishning avj nuqtasi va finali oktyabrь oyida – bugun ommaviy axborot vositlarida tanilgan onamning jiyani Akbarning (Tatyana Karimova jiyani Akbar Abdullayev-tahr.) qamalishi bilan yakunlandi.

U (Akbar Abdullayev demoqchi-tahr.) va uning katta komandasi onam va singlimga (Lola Karimova-tahr.) ishlagan, ularning ba‘zilari hozirda xorijda. Ular uchun bir nechta uy, dacha, kvartira qurib bergan, ularning istagan narsalar, singlim uchun yulduzlar ishtirokidagi bazmlardan tortib odam uchun kiyim va taqinchoqlargacha olib berishgan. Har qanday “mayda-chuyda”, bozor-o‘chardan tortib lyustralargacha talab qilinishi bilanoq Akbar tarafidan bajarilgan!

U shuningdek, har bir yangi ochilayotgan bolalar uyi, ijtimoiy ob‘ektlarni jihozlab bergan, jumladan Quvasoydagi markaz, Xlebushkin nomidagi bolalar uyi, qariyalar uyi “Sen Yolg‘iz Emassan” jamg‘armasi va shaxsan Lola rahnamoligida ochilgan.

Umumiy hisobda bu kabi 25ta ob‘ekt, jumladan Toshkent yaqinidagi Kumushkondagi masjid qurilgan.

Men u (Akbar Abdullayev-tahr.) bilan “bosar-tusarini” bilmay qolgani va uning ustidan Farg‘ona va ayniqsa FNPZda (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi-tahr.) shikoyatlar ko‘payib ketgani sababidan ancha vaqt gaplashmaganman. FNPZda yoki Lola ta‘sischi bo‘lgan “Kvarts”da (Quvasoydagi “Kvarts” zavodi-tahr.) ishlar onamning qanoti ostida xamirdan qil sug‘urgandek borar edi.

Shunga qaramasadan, onamning unga qarshi ta‘qiblari kuchayib qolganidan keyin (kimdir buni Timur Tillayev bilan janjalga bog‘laydi, kimdir uning, (ya‘ni Akbarning-tahr.) Moskvadagi barcha olgan narsalarini ko‘z-ko‘z qiladigan yangi jazmani, yana kimdiir Akbarning diniy faolligi va natijada bolalar uylariga qilgan homiyligi “boshqalarni” soyada qoldirib yuborgani bilan bog‘laydi), Akbar menga muroajaat qildi.

Bu paytda uning odamlari 2012 yilning yoz oylaridan boshlab qamoqda o‘tirgan edi, u esa ularni qamoqdan chiqarishga harakat qilayotgan edi. Buning uchun u 2012 yilning avgustida hamma narsaga tayyor bo‘lgani uchun mamlakatga qaytdi.

U (Akbar Abdullayev-tahr.) talab qilinishi bilanoq mamlakat ichida va xorijdagi barcha mulkini topshirib, boshqalar nomiga o‘tkazib berdi.

Mening yalinishlarim onamga kor qilmadi va u qaysarlik qildi, oqibatda FNPZ, yog‘-kombinatlari va boshqa zavodlarda tekshiruvlar kuchaydi, va‘adalarga qaramasdan odamlar jabr ko‘rdi!

O‘shandan beri hamman narsa qanday qilinganini bilgani uchun Akbar vaqti-soati kelib portlaydigan bombaga aylandi!

Uning hikoyalari tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada edi, men va atrofdagi boshqalar ko‘pchilik bu hikoyalarni eshitishni istamas edi.

Men Akbarning iltimosi bilan uni otamning (prezident Islom Karimovning-tahr.) oldiga olib kirmoqchi bo‘lganimda, onam tezdagina “ishga kirishdi” va 2013 yilning oktyabrida uni qamoqqa tashladi, meni esa buning uchun yo‘q qilishni va‘da qildi!

Mana u (Tatyana Karimova-tahr.) bu va‘dasini bajaryapti!

Yaqinlarim orasidagi tortishuvlar tufayli shuncha odam, kimningdir farzandlari va ota-onalari jabr ko‘rayotgani achinarli!
XS
SM
MD
LG