Линклар

21 noyabr kuni tush payti p rezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimovaning @GulnaraKarimova akkaunti Twitter sahifasidan g‘oyib bo‘ldi.

Ozodlik muxbiri suhbatlashgan Gulnora Karimova yaqinlaridan biri¸ Rossiya Jamoatchilik palatasi a‘zosi¸ blogger¸ Karimova media loyihalarining maslahatchisi Anton Korobkov bu akkauntning o‘z tarafdorlari xavfsizligi uchun Karimovaning o‘zi tomonidan yopilganini bildirdi.

@GulnaraKarimova yozgan so‘nggi tvit "Menga savollaringiz bo‘lsa, Fond Forum lentasi va saytiga yozing", degan taklif bo‘lganidan Korobkovning bu gapida jon borligi ko‘riladi.

Karimova so‘nggi tvitidan u boshlagan "muloqot maydoni"ning Twitterdan Fond Forum lentasi va saytiga ko‘chishini kutish mumkin.


Ammo hozircha Fond Forum lentasi va saytida @GulnaraKarimova tvitlari ruhidagi yozuvlar ko‘ringani yo‘q.

Gulnora so‘nggi tvitlari orqali o‘zi raislik qiladigan “O‘zbekiston madaniyati va san‘ati forumi” jamg‘armasi ya‘ni Fond Forum faoliyatini to‘xtayotgani haqida yozdi.

“Ustozlar, yonib-kuyib ishlaydigan xodimlar va ko‘nggillilar, shuni e‘lon qilmoqchimizki, Fond Forumning bosh ofisi o‘z faoliyatini to‘xtatmoqda”, deb yozdi Karimova.

Gulnora Karimovaning Twitterdagi shov-shuvli ma‘lumotlarini Ozodlikning LIVE BLOGi orqali o‘qishingiz mumkin.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG