Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:34

Samarqandda shia mazxabini targ‘ib etgan shaxs qamoqqa olindi


“O‘zbekiston-Eron” do‘stlik jamiyatining Samarqand bo‘limi yetakchisi Ravshan G‘ulomov shia mazxabini targ‘ib etgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi.

Xabarlarga ko‘ra, G‘ulomov “noqonuniy missionerlik faoliyatini” olib borganilikda ayblangan va 5 yil qamoq jazosiga mahkum etilgan.

Tergovchilarning bildirishicha, Ravshan G‘ulomov Toshkentdagi Eron elchiligidan Islomning shia mazxabini targ‘ib etuvchi varaqalar va kitoblarni olib, ularni Samarqand va Jizzah viloyatlari masjidlarida tarqatgan.

O‘zbekiston Din ishlari qo‘mitasi mutaxassislari musodara etilgan diniy adabiyotlarda “sunniy mazxabi musulmonlarini haqoratlovchi bayonotlar” borligini aytmoqda.

O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi 30 million aholning 90 foizi Imom A‘zam mazhabi deyiladigan sunniy mazxabga ergashgan musulmonlardir.
XS
SM
MD
LG