Линклар

Tomskda bir xonali kvartiraga O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan 280 odam ro‘yxatga qo‘yilgani fosh bo‘ldi. “Rezina kvartira” Tomsk tshahrining Kirov tumani prokuraturasi o‘tkazgan reyd davomida aniqlandi.

Ma‘lum bo‘lishicha, 38 yoshli ishsiz tomsklik erkak o‘z kvartirkasiga ro‘yxatga ro‘yish evaziga O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolarining ham biridan ming rubl miqdorida haq olgan. Lekin, muxojirlar u xonadonda yashashmagan.

Prokuratura noqonuniy muxojirlikka yo‘l ochib berish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin noqonuniy muxojirlikni tashkillashtirayotgan rezina kvartira sohiblarini jazolashga chaqirgan edi.
XS
SM
MD
LG