Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:47

O‘zbekistonda "Lacetti"ning yangisi sotuvga chiqarildi


O‘zbekistonda Chevrolet Lacetti avtomobilining yangi modeli sotuvga chiqarildi.

Yangi Lacetti ning tashqi ko‘rinishi birmuncha yangilangan. Bular asosan old chiroq, bamper, kapotida ko‘zga tashlanadi.

Eng katta yangilik esa unga o‘rnatilgan euro-5 standartiga javob beruvchi 1.5 dvigatelidir.

Chevrolet Lacetti avtomobilining yangi modeli nafaqat O‘zbekistonda, balki MDH davlatlarida ham sotuvga chiqarilmoqda.

Mazkur avtomobil tashqi bozorda Gentra markasi bilan sotilmoqda. O‘zbekistonni o‘zida esa haridorlar mashina olish uchun yillab navbat kutishadi va ularni chetga eksport qilingan avtomobillar narxidan ancha qimmatga sotib olishadi.

Hozirda GM-Uzbekistan qo‘shma korxonasi Nexia, Lacetti, Malibu, Cobalt, Matiz, Spark, Captiva va Damas kabi avtomobillarni yig‘ayapti.
XS
SM
MD
LG