Линклар

O‘zbekiston 2019 yilga qadar birinchi geliostantsiyani qurmoqchi


Ispaniyada joylashagan quyosh energiyasidan elektr to'ki ishlab chiqaruvchi geliostansiya.

Ispaniyada joylashagan quyosh energiyasidan elektr to'ki ishlab chiqaruvchi geliostansiya.

O‘zbekiston 2019 yilga qadar Samarqandda qiymati 310 million dollar, quvvati 100 MVt bo‘lgan geliostantsiya qurishni mo‘ljallamoqda.

Loyiha Osiyo taraqqiyot banki hamda O‘zbekistonning ichki mablag‘lari hisobidan moliyalanishi bildirilgan.

Mazkur loyihaning ishga tushirilishi bilan O‘zbekistonda yiliga qo‘shimcha ravishda bir necha million kilovvat soat hajmda elektr energiyasi ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Bu esa tabiiy gaz va neftni tejash imkonini beradi.

Quyosh energiyasiga O‘zbekistonda tobora salohiyatli muqobil energiya manbai deya qaralmoqda.

O‘zbekistonning quyosh energiyasi yalpi potentsiali 50 milliard 973 million tonna neft ekvivalentiga teng ekani aytiladi.

O‘tgan oy O‘zbekistonda Quyosh energiyasi xalqaro instituti ham ochildi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG