Линклар

Yakshanba kuni Ukraina poytaxti markazida minglab odam hukumatning Yevropa Ittifoqi bilan intergatsiyalashuv kelishuvlari bo‘yicha ishlarni to‘xtatib qo‘yganiga qarshi ommaviy miting o‘tkazdi.

Namoyishchilar hukumat binosi atrofidagi to‘siqni yorib o‘tishga uringanidan so‘ng politsiya ularga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘lladi.

Politsiya ma‘lumotlariga ko‘ra, norozilarning kechagi mitingida 23 ming atrofida kishi qatnashgan. Muxolifat esa norozilik tadbirida 100 ming chog‘li odam qatnashganini iddao qilmoqda.

Ukraina muxolifati liderlari norozilik aktsiyalarining muddatsiz ekanini e‘lon qilganlar, shu munosabat bilan mitingchilar yig‘ilgan maydonda o‘nlab chodir tikilgan.

Ukrainaning Yevropa Ittifoqi bilan integratsiyalashuv shartnomasini imzolash shartlaridan biri mamlakat sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenkoning qamoqdan ozod etilib, muolaja uchun xorijga jo‘natilishi bo‘lgandi.

Ukraina parlamentining chorshanba kungi favqulodda sessiyasida deputatlar Timoshenkoning Germaniyada davolanishiga ruxsat berish nazarda tutilgan qonun loyihasi bo‘yicha bir fikrga kelolmagandilar. Shundan so‘ng hukumat yevrointegratsiya bo‘yicha kelishuv imzolashga tayyorgarlik ishlari to‘xtatilishi haqida e‘lon qilgandi.
XS
SM
MD
LG