Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:46

Krishtianu Ronaldu uch haftaga safdan chiqdi


Madridning "Real" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu sonidan olgan jarohati tufayli tahminan uch hafta davomida jamoasi uchrashuvlarida qatnasha olmaydi.

Portugaliyalik hujumchi 23 noyabr kuni Ispaniya chempionati doirasida "Almeriya" klubiga qarshi o'tgan uchrashuvda jarohat olib, o'yinning 54-daqiqasida zahiradagi o'yinchiga almashtirilgan edi.

Tibbiy tekshiruv natijalari Ronaldu chap sonidagi mushaklaridan jarohat olganini ko'rsatdi. Shikoforlar futbolchining jarohati jiddiy emasligi va tahminan uch haftadan so'ng maydonga tusha olishini aytishmoqda.

Shunday qilib, Ronaldu 27 noyabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasida Turkiyaning "Galatasaray" jamoasiga qarshi o'tadigan uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Chempionlar ligasining nimchorak finaliga chiqish uchun "Real"ga durang natijasi ham kifoya qiladi.

28 yoshli Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 2013/2014 yilgi mavsumida 14ta uchrashuvda maydonga tushub, ularda 17ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Eslatamiz, Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilayotgan "Barselona" jamoasi hujumchisi Lionel Messi ham jarohati tufayli 2013 yilning ohirigacha maydonga tusha olmaydi.
XS
SM
MD
LG