Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:07

O‘zbekistonda Chevrolet Orlando oilaviy miniveni ishlab chiqariladi


GM Uzbekistan O‘zbekiston-AQSh qo‘shma korxonasi 2014 yilning birinchi choragidan boshlab Chevrolet Orlando rusumidagi yangi avtomobilni ishlab chiqara boshlaydi.

Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, oilaviy miniven toifasidagi Chevrolet Orlando avtomobili O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning turkmanistonlik hamkasbi Qurbonquli Berdimuahmedov bilan Toshkentdagi GM Powertrain Uzbekistan zavodiga tashrifi chog‘ida namoyish etilgan.

Yangi avtomobil Turkmaniston prezidentida katta taassurot qoldirgani aytilmoqda.

O‘zbekistonda Chevrolet Orlando avtomobili ishlab chiqarilishi mumkinligi haqida ilk xabarlar noyabrь oyi boshlarida paydo bo‘lgan, biroq shu kungacha rasman tasdiqlanmagan edi.

Eslatamiz, 2011 yili O‘zbekistonga qilgan tashrifi chog‘ida Turkmaniston prezidentiga GM Uzbekistan shirkati tarafidan ishlab chiqarilgan Captiva avtomobili sovg‘a qilingan edi.

O‘sha yili Turkmaniston O‘zbekistondan 160 dona Captiva'larni sotib olgan.
XS
SM
MD
LG