Линклар

Xitoyning “Guanchjou Evergrand” futbol jamoasi yarim himoyachisi Chjen Chji Osiyoning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Osiyo futbol konfederatsiaysi (OFK) saytida aytilishicha, 33 yoshli Chji jamoasining Osiyo Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishiga katta hissa qo‘shgani hamda Xitoy terma jamoasidagi faolligi uchun ushbu nomga loyiq deb topilgan.

Seshanba kuni Malaysizya poytaxti Kuala Lumpur shahrida o'tgan taqdimot marosimida Chjen Chji mukofotni OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifdan qabul qilib oldi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlar uchtaligiga Chji bilan birga eronlik Javad Nekonam va janubiy koreyalik Dae-sung Halar ham kirgandi.

Eslatamiz, O‘zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov ikki karra - 2008 va 2011 yillari Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
XS
SM
MD
LG