Линклар

Facebook ijtimoiy tarmog'i o'z tizimida Kosovo respublikasini mustaqil davlat sifatida ko'rsata bo'shladi.

Endi tarmoqdan foydalanuvchi kosovarlar o'z yashash joyi sifatida Kosovo respublikasini ko'rsatishlari mumkin.

Bungacha kosovoliklar Facebook'da qo'shni Albaniya yoki Serbiyada istiqomat qiluvchi foydalanuvchilar sifatida ro'yxatdan o'tib kelishgan.

Kosovo hududidagi barcja geografik obyektlar esa ijtimoiy tarmoqda avtomatik tarzda Serbiya hududi sifatida ko'rsatilar edi.

Shunday qilib, Facebook Kosovo mustaqulligini tan olgan ilk yirik ijtimoiy tamoq bo'ldi.

Biroq tarmoq vakillari bunday qaror ostida siyosiy ma'no borligi haqidagi tahminlarni rad etib, tarmoqda geografik belgilarning ishlatilishi foydalanuvchilar tayyorlayotgan kontentga va reklama beruvchilar tomonidan beriladigan so‘rovlar bilan bog‘liq ekanini aytishmoqda.

Eslatamiz, Kosovo 2008 yilning fevralida Serbiyadan mustaqilligini e‘lon qilgan. Kosovo mustaqilligi ayni damda BMTga a'zo bo'lgan davlatlarning 106tasi tarafidan tan olgan. Serbiya esa hamon Kosovo mustaqilligini tan olmay keladi.

Foydalanuvchilari soni bir milliarddan oshgan Facebook agar mamlakat bo'lganida, aholisining kattaligi bo'yicha Xitoy va Hindistondan so'ng dunyodagi eng katta uchinchi mamlakat bo'lar edi.
XS
SM
MD
LG