Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:53

Qirg‘iz deputatlari "O‘zbek masalasi"da dahanaki jang qildi


O'shdagi o'zbek mahalllaridan birida. 5 avgust 2012 yil.
O'shdagi o'zbek mahalllaridan birida. 5 avgust 2012 yil.
Mazkur dahanaki jang parlamentda davlat siri hisoblangan ma‘lumotlarni oshkor etganlik uchun jazo muddatini uzaytirish masalasi muhokama etilayotgan paytda sodir bo‘ldi.

So‘zga chiqqan deputat Jildizkan Joldosheva deputat Asiya Sasikbayeva rahbarlik qilgan “Interbilim” tashkilotini tekshirish shartligini aytib chiqdi.

“2010 yilda, O‘sh voqealaridan oldin bu tashkilot xorijliklar bilan seminar o‘tkazgan. Keyin ular birinchi bo‘lib O‘sh voqeasi boshlanganini aytib chiqishdi. Eslatib o‘tmoqchimanki, aynan “Interbilim” tashkiloti o‘z vaqtida konstitutsiyaning o‘zbekcha matnini aholiga tarqatgan. Bu vatan manfaatlariga xiyonat qilish emasmi?”, deb hayqirdi “Ata Jurt” partiyasi vakili bo‘lgan deputat Jolodosheva.

Bunga javoban "Asiya Sasikbayeva: “Axir o‘zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasida ig‘vo yurgizib, ularni ziddiyatga undagan siz emasmidingiz”, deb javob berdi", deb yozdi qirg‘iz matbuoti..

Dahanaki jangga aralashgan deputat O‘murbek Tekebayev esa “Parlament saylovida “Ata Jurt” partiyasi o‘zbekcha gazeta chiqarib, o‘zbek mahallalariga borib raqsga tushgansizlar. Bu yolg‘onmi? Hozir ham Melis Mirzakmatov (O‘sh shahri meri- muallif) o‘zbek tilidagi gazeta, telekanallar bilan ishlayapti. Buning nimasi yomon?” deb bildirdi.

Shundan so‘ng dahanaki jang to‘xtagan. Biroq bu jang boshlanishidan bir oz oldin parlamentga maktab o‘quvchilari ekskurciyaga olib kelingan ekan. Ular deputatlar “aytishuvi”dan qo‘rqib ketishgan, ayrim boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yig‘lab yuborgan va parlament binosidan qochib ketishgan.

-Bolalalar qo‘rqib chiqib ketishibdi. Majlisdan so‘ng bolalarga deputatlarni tanishtirishimiz kerak edi. Janjal bosilgach qarasam, bolalar yo‘q, -dedi deputat Aynuru Altibayeva.

Parlament deputatlarining “o‘zbeklar masalasida” dahanaki jang qilgani qirg‘iz jamoatchiligida salbiy qabul qilindi. Bu voqea yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirgan qirg‘izistonlik ziyolilar deputatlarni “kaltafaxmlik”da, “millatchilik”da va “intellektual darajasining pastligi”da aybladilar.

O‘shlik huquq faoli Izzatullo Raxmatullayev “Ozodlik” radiosi bilan suhbatda qirg‘iz parlamenti deputatlari mamlakatda yashayotgan o‘zbeklar ham Qirg‘iziston fuqarolari ekanini unitib qo‘yayotgani afsuslanarli holat ekanini aytdi:

-Bugungi kunda O‘shda yursangiz o‘zingizni 2010 yil voqealari bo‘lmaganday his qilasiz. Bu voqealarning aso
XS
SM
MD
LG