Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:18

Braziliyada Jahon chempionati o‘tadigan stadionda fojea yuz berdi


Braziliyaning Rio de Janeyro shahridagi Marakana stadionida qurilish ishlari olib borilmoqda. 2014 yilgi Jahon chempionatining final o'yini aynan shu stadionda o'tishi rejalashtirilgan.
Braziliyaning Rio de Janeyro shahridagi Marakana stadionida qurilish ishlari olib borilmoqda. 2014 yilgi Jahon chempionatining final o'yini aynan shu stadionda o'tishi rejalashtirilgan.
Braziliyaning San Paulu shahrida 2014 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining ochilish o'yiniga mezbonlik qilishi kutilayotgan stadionda qurilish krani qulashi oqibatida ikki ishchi halok bo‘ldi.

Fojea "Arena-de-Itaquera" stadioni tomi yopilayotgan paytda yuz bergan. Kran qulashi oqibatida stadion binosining bir qismi vayron bo‘lgan.

Stadion qurilishi dekabr oyda nihoyasiga yetkazilishi kerak edi. Biroq fojea tufayli qurilish ishlari ortga surilishi aytilmoqda.

Joriy yilning may oyida "Arena-de-Itaquera" stadionining qurilishi kechikayotgani bois FIFA ushbu stadionni futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlarini o‘tkazish huquqidan mahrum etilishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.

Eslatamiz, 2014 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilishi kutilayotgan yana bir stadion - Salvador shahridagi "Arena Fonta Nova"ning tomi yomg'ir suvi to'planishi oqibatida qisman qulagan edi.
XS
SM
MD
LG