Линклар

O‘zbek matbuoti 27 noyabr kuni Tojikiston harbiy havo kuchlariga mansub uchta vertolyot O‘zbekiston chegarasini Jizzax viloyatining Zomin tumani Qizilmozor qishlog‘i tomonidan buzib o‘tganini iddao qilmoqda. Bu haqda 28 noyabrga o‘tar kechasi 12uz.com nashri xabar tarqatdi.

Nashrning huquq - tartibot organlaridagi ismi aytilmagan manbaga tayanib tarqatgan xabarida aytilishicha,tojik vertolyotlari Sirdaryo viloyati tomoniga uchib ketgan. Shuningdek, tojik vertolyotlari Toshkent viloyati Bekobod shahri yaqinidagi Sohibkor aholi punktida ham ko‘ringan.

12uz.com o‘z manbasiga tayangan holoda tojik vertolyotlari O‘zbekiston hududida 1 soat bo‘lganini yozgan.

Mazkur xabarga hozircha O‘zbekiston va Tojikiston rasmiylari tomonidan munosabat bildirmadi. Bu xabarning ishonchli ekanini mustaqil manbalar ham hozircha tasdiqlagani yo‘q.
XS
SM
MD
LG