Линклар

logo-print
O‘zbekistonda 2013 yilgi paxta terimi jarayonida fuqarolarni majburiy mehnatga jalb qilish amaliyoti davom ettirildi. Xalqaro Mehnat tashkiloti (ILO) monitoring guruhi 27 noyabrda e‘lon qilgan hisobotda mana shu haqda aytiladi.

“2013 yilda O‘zbekistonda paxta terimi” deb nomlangan hisobotda hukumat terim mavsumida bolalar va kattalarni majburiy mehnatga majbur qilgani hamda O‘zbekiston majburiy mehnatga asoslangan davlat sistemasi yaratilgan dunyodagi eng yirik mamlakat ekani ta‘kidlangan.

Hisobotda aytilishicha, joriy yil 1 million odam paxta terishga majbur qilingan. Paxta dalalarida 11 odam o‘lgan.

Joriy yilda O‘zbekiston hukumati Xalqaro Mehnat tashkiloti ekspertlariga paxta terimini kuzatishga ruxsat bergan edi. Tashkilot o‘z hisobotida O‘zbekiston hukumatini majburiy mehnatdan voz kechishga chaqirgan.
XS
SM
MD
LG