Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:19

O‘zbekistonda $1044 dan ortiq pulni maydalagan mijozni bank tekshiradi


Sarlavhaga chiqarilgan me‘yor O‘zbekistonda 25 noyabr kuni kuchga kirgan “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari”da belgilab qo‘yildi.

Mamlakat Markaziy banki Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda qabul qilgan bu hujjat bilan xuddi shu masalaga oid 2009 yil, 23 oktyabrda qabul qilingan qoidalar o‘z kuchini yo‘qotdi.


Eski qoida

2009 yilgi qoidaga binoan minimal ish haqining 1000 baravariga teng va undan ortiq pulni sotmoqchi bo‘lgan mijozni bank tekshiruvdan o‘tkazishi kerak edi.

Yangi qoida

25 noyabr kuni kuchga kirgan yangi qoidaga binoan bu me‘yor 1000 barobardan 100 barobarga tushirildi. Demak, shu kundagi davlat kursi bo‘yicha 4179 dollarga (bozor kursi bo‘yicha 3269 dollarga) teng yoki undan ortiq pulni sotmoqchi bo‘lgan mijozni bank tekshiruvdan o‘tkazishi kerak.


Eski qoida

2009 yilgi qoidaga binoan minimal ish haqining 100 barobariga teng va undan ortiq naqd valyutani maydalamoqchi, almashtirmoqchi yoki konversiya qilmoqchi bo‘lgan mijozni bank tekshiruvdan o‘tkazishi kerak edi.

Yangi qoida

25 noyabr kuni kchga kirgan yangi qoidaga binoan bu me‘yor 100 barobardan 25 barobarga tushirildi. Demak, shu kunda naqd 1044 dollarni (bozor kursi bo‘yicha 817 dollar) yoki undan ortiq naqd valyutani maydalamoqchi, almashtirmoqchi yoki konversiya qilmoqchi bo‘lgan mijozni bank tekshiruvdan o‘tkazishi kerak.


Tekshiruv qanday o‘tadi?

Yangi qoidalarni sharhlagan Norma.uzga ko‘ra, tekshiruv mijozning shaxsi va vakolatlarini hamda u vakili bo‘lgan kishilarning shaxsini tegishli hujjatlar asosida o‘rganish, mijoz taqdim etgan mablag‘ning real egasini aniqlash va shu kabi harakatlardan iboratdir.

“Gumonli jo‘natmalar”

25 noyabr kuni kuchga kirgan yangi qoidaga binoan, O‘zbekistonga yoki O‘zbekistondan jo‘natilgan yirik miqdordagi pul jo‘natmalari “gumonli jo‘natmalar”, degan kategoriyaga tushib qolishi mumkin.

Eski qoida

2009 yilgi qoidaga binoan minimal ish haqining 1000 baravariga teng va undan ortiq chet el valyutasi jo‘natilsa, sotilsa yoki sotib olinsa – bu pul “gumonli” hisoblanar edi.

Yangi qoida

25 noyabr kuni kchga kirgan yangi qoidaga binoan bu me‘yor 1000 barobardan 500 barobarga tushirildi. Demak, bundan buyon 3 oydan oshmagan muddatda bir marta yoki bir necha marta shu kundagi davlat kursi bo‘yicha 20897 dollar (bozor kursi bo‘yicha 16344 dollar) jo‘natilsa, sotilsa yoki sotib olinsa – bu pul “gumonli” hisoblanadi.

Shuningdek,

O‘zbekistondan tashqaridagi offshor zonalarda doimiy yashaydigan shaxslarga yoki bunday zonalarda ochilgan hisob raqamlariga o‘tkazilgan yoki shunday shaxslar va hisob raqamlaridan O‘zbekistonga 30 kun ichida bir marta yoki bir necha marta jo‘natilgan pul miqdori minimal ish haqining 500 barobaridan ortib ketsa, “gumonli” hisoblanadi.

25 noyabr kuni kuchga kirgan “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari”ning ba‘zi me‘yorlarigagina to‘xtaldik.

Mutaxassis fikri

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda qabul qilgan hujjatni sharhlab berishni o‘zbekistonlik iqtisodchi olim, hozirda Astanadagi Yevroosiyo universiteti dotsenti Saparboy Jubayevdan iltimos qildik.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:19 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG