Линклар

logo-print
24 noyabr kuni tunda Twitterdan g‘oyib bo‘lgan Gulnora Karimova oradan uch kuni o‘tib Instagramdagi sahifasida paydo bo‘ldi.

Uch kun davomida hech bir joyda ko‘rinish bermagan Gulnora Karimova kecha tunda Instagramdagi sahifasida o‘z suratlarini e‘lon qildi.

Suratlar qayerda olingani yozilmagan. Birinchi e‘lon qilingan suratdagi manzara Toshkent ko‘chalariga juda o‘xshash joy ekanini ilg‘ash mumkin.

Gulnoraning suratiga ilova qilgan uzuq-yuluq gaplaridan ma‘lum bo‘lishicha, zarurat tufayli Tvitterdan ketishga majbur bo‘lgan.

O‘z qo‘llovchilariga minnatdorchilik bildirgan Gulnora "Kelajak ovozi" har doim uning bolalari sifatida" qolishini ta‘kidladi.



Eslatamiz, Gulnora Karimova yetakchiligidagi "Fond Forum" tashkil qilgan "Kelajak ovozi" tadbirining bir nechta ishtirokchilari Toshkentda hibsga olingani va ularni ozod etish uchun Karimova shaxsan ichki ishlar bo'limiga borgani aytilgan edi.
XS
SM
MD
LG