Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:56

Vadim Abramov "Astana" futbol klubi murabbiyi etib tayinlandi


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov Qozog'istonning "Astana" futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bu haqda qozog'istonlik klub o'z rasmiy sayti orqali ma'lum qildi.

51 yoshli o'zbekistonlik mutahassis joriy yilning iyul oyida istefoga chiqqan chehiyalik murabbiy Miroslav Branek o'rnini egallaydi.

Branek "Astana" klubi Yevropa Ligasi saralash o'yinlarida Bolgariyaning "Botev" klubiga 0:5 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng istefo so'ragan.

Ayni paytda Vadim Abramovning "Astana" klubi bilan tuzgan shartnomasi tafsilotlari ochiqlanmagan.

2010-2012 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasiga yetakchilik qilgan Abramov murabbiylik faoliyatini Farg'onaning "Neftchi" jamoasida yordamchi murabbiy sifatida boshlagan.

Keyinchalik u O'zbekistonning "NBU-Osiyo", "Traktor", "Lokomotiv" klublari hamda O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga ham murabbiylik qilgan.

Milliy terma jamoani boshqarish davrida Vadim Abramov Osiyo kubogida 4-o‘rinni egallagan. JCh-2014 saralash bosqichida esa jamoani hal qiluvchi guruh bosqichigacha olib chiqqan.

2009 yilda tuzilgan "Astana" futbol klubi 2013 yilgi Qozog'iston chempionatini kumush medal bilan yakunladi. Chempionlik esa Aleksandr Geynrix, Temur Kapadze va Marat Bikmayev kabi o'zbekistonlik legionerlar faoliyat yurituvchi "Aktobe" klubiga nasib etdi.
XS
SM
MD
LG