Линклар

Toshkent aholisi soni Bishkek, Dushanbe va Ashxabodda yashovchilar sonidan ko‘proqdir. Toshkentdagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazi ekspertlari mana shunday xulosaga kelganlar.

Ma‘lumotda aytilishicha, Bishkekda 846,5 ming, Dushanbeda 704 ming, Ashxabodda 637 ming aholi yashaydi. Toshkentliklar soni esa 2 million 200 ming kishini tashkil qiladi.

Qozog‘istonning sobiq poytaxti Olmaota aholi soni bo‘yicha Toshkentdan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu yerda 1 million 400 ming odam yashaydi. Ostona aholisi soni esa 700 mingga yetgan.

Tashkilot ekspertlari fikricha, 2025 yilga kelib mintaqa aholisi soni 71 million 400 ming, 2050 yilga kelib esa 82 million kishiga yetadi. Shaharliklar soni esa yil sayin 1,5 foizga ko‘payib boradi.
XS
SM
MD
LG