Линклар

Gulnora Karimovaning Guli brendini targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan Toshkentdagi dizayner studiyasi (Dom Stilya) faoliyati to‘xtatib qo‘yildi. Bino elektr va boshqa komunikatsiyalardan uzib qo‘yilgan.

Bu haqda bu studiya dizaynerlaridan biri ismini aytmaslik sharti bilan Ozodlikka ma‘lum qildi. Suhbatdoshga ko‘ra Guli brendiga oid barcha kiyim kechak va hujjatlar Ichki ishlar xodimlari tarafidan musodara qilingan.

Shuningdek Guli brendi targ‘iboti bilan bog‘liq barcha hujjatlar Ichki ishlar xodimlari tarafidan taxlil uchun olib ketilgan.

Bu ma‘lumotlarni O‘zbekiston shou biznesi haqida maqolalar yozuvchi toshkentlik jurnalist ham tasdiqladi.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ Guli brendini cheklash Gulnora Karimova yaratgan biznes imperiyaga qarshi O‘zbekistonda ketayotgan umum ma‘rakaning bir qismidir.

Bundan oldin Bi-Bi-Si Jahon hizmati Gulnora Karimovaning Guli brendini targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan studiya dizaynerlari so‘roq qilinayotgani haqidagi ma‘lumotni tarqatgan edi.

Bu ma‘lumotga ko‘ra, Guli brendi targ‘ibotchilari qalloblik, xayriya tashkiloti niqobi ostida tadbirkorlarni homiylikka majburlash, xorijda offshor hisoblari ochish va noqonuniy mablag‘lar hisobiga evropoda ko‘chmas mulklarni qo‘lga kiritish kabi ayblarda gumonlanmoqda.

Guli brendini targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan Toshkentdagi modalar uyi mulozimlari Ozodlik bilan suhbatda bu gaplarni tasdiqlamadi va inkor ham qilishmadi.

Ular Gulnora Karimovaga oid Guli brendini bepul targ‘ib qilishganini ma‘lum qilishdi.

Ozodlik bilan suhbatda dizaynerlar Guli brendi bilan bog‘liq pul yuvish sxemalarida ishtirok etishmaganini aytishdi.


Gulnorani hidi chiqmasin


Shu kunlarda Guli brendiga oid VICTORIOUS va MYSTERIEUSE atirlarini Toshkent magazinlarida sotish to‘xtatib qo‘yilgan.

Bu do‘konlardagi Ozodlik manbasining aytishicha Guli brendiga oid barcha maxsulotlar sotuvi to‘xtatilgan.

- Biz Guli brendi bilan hamkorlikni to‘xtatdik, - dedi suhbatdosh.

Shu kunlarda falaj holatga keltirilgan Guli brendi 2003 yilning dekabr oyida O‘zbekiston prezidenti Gulnora Karimovaning libos¸bezak va zargarlik sohasidagi ijodini tamsil qilish maqsadida ochilgan edi.

Guli brendiga mansub liboslarni Rossiyaning bashang honimlari kiyib turgan suratlar “Guli” dizaynerlik studiyasi nashrlarida e‘lon qilingan.

Kseniya Sobchak¸ Irina Viner¸ Naomi Kempbel kabi Rossiya bomondi vakillari Guli brendiga mansub kiyimlarni kiyib rasmga tushishgan.

21 asrning poyetik obrazi deb iddao qilingan bu liboslar ingichka tolali paxtadan to‘qilgani Guli brendi reklamalarida pisanda qilinadi.

Guli tamg‘asi bilan taqdim qilingan liboslarga ishlatilgan paxtaning majburiy bolalar mehnati mahsuli ekani jiddiy e‘tirozlarga sabab bo‘lgan edi.

2011 yilda Nyu-Yorkdagi Moda Haftaligi (IMG Fashion Week) tashkilotchilari O‘zbekistondagi majburiy mehnat va inson huquqlari buzilishi borasidagi havotirlar andishasida Gulnora Karimova yaratgan liboslar namoyishini bekor qilgan edi.
XS
SM
MD
LG