Линклар

O‘zbekistonda yangi joriy qilingan biometrik pasport xalqaro standartga mos emasligi bois yana almashtirilishi mumkin degan gaplarni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligidagi Ozodlik manbasi rad qildi.

Ichki ishlar vazirligi Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasidagi Ozodlik manbasining aytishicha, yangi joriy qilingan biometrik pasportlarning xalqaro andazalarga mos kelmaydi degan gaplar Toshkentda tarqagan:

-Shu bois tuman pasport bo‘limlarida odamlarga tushuntiryapmiz. Ko‘chani gaplariga ishonmanglar biometrik pasportlar muddati tugagunga qadar ya‘ni 10 yil ichida almashmaydi deb aytayapmiz deydi Ozodlik manbasi.

Manba ta‘kidicha¸ O‘zbekistonda biometrik pasportlar berish tizimi Frantsiyaning Thales kompaniyasi tomonidan Oberthur Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va aeroportlardagi pasportlarni avtomatik o‘qiydigan qurilmalar talabiga javob beradi.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ O‘zbekistonda joriy qilingan biometrik pasporti diplomatik kanallar orqali jahonning barcha mamlakatlariga yuborilgan va bu mamlakatlar e‘tiroziga sabab bo‘lmagan.

Ozodlik muxbiri bog‘langan Toshkent shahri Bektemir tumani pasport stoli boshlig‘i ham biomertik pasportlar almashinuvi borasidagi gaplarga chek qo‘yish uchun tushuntirish olib borilaëtgani aytdi.

- Biometrik pasport jahon standartlari asosida ishlab chiqilgan. Bu pasport egasi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ham hech qanday cheklovsiz dunyoning barcha mamlakatlarida harakatlanishi mumkin dedi ismi aytilishini istamagan mulozim.

Ayni paytda O‘zbekistonda ko‘plab fuqarolar yangi biometrik pasport olish bilan bog‘liq mushkulotlar qarshisida qolishgan.

Odatda 10 ish kunida berilishi kerak bo‘lgan pasport bir oydan oshiqroq vaqt ichida berilmoqda.

Ozodlik tinglovchilaridan biri AQShdagi ishxonasidan bir oyga ta‘til olib O‘zbekistonga kelgani va biometrik pasportni ololmay ikki oy sarson bo‘lgani, buning oqibatida AQShdagi ishidan ajralib qolaëzganidan shikoyat qilgan edi.

Bu asnoda biometrik pasporti bo‘lmagan abituriyentlarning hujjati o‘qishga qabul qilinmaydi, degan gap-so‘zlar urchidi.

O‘zbekistondagi byudjet idoralari xodimlariga tez fursatda yangi pasport tizimiga o‘tish kerakligi, aks holda, maoshlar berilmasligi to‘g‘risida yuqori idoralardan ko‘rsatma berilgani haqidagi mish-mishlar tarqaldi.

Avtosalon va aviachipta do‘konlari fuqarolardan biometrik pasport talab qila boshladi.

Banklar fuqarolarga kredit rasmiylashtirganida ham biometrik pasport so‘rashdi.

Ichki ishlar vazirligi Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ bu talablar asossiz:

- O‘zbekistonda 2011 yil 5 yanvardagi farmoniga asosan, biometrik pasport joriy etilgan.Bu hujjatga ko‘ra hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan eski namunadagi pasportlar 2015 yil 31 dekabrgacha haqiqiy bo‘ladi. Eski pasport egalari yana ikki yil undan foydalanishi mumkin dedi Ozodlik manbasi.

Suhbatdoshga ko‘ra¸O‘zbekiston fuqarosi 2016 yil 1 yanvardan boshlab faqat biometrik pasportlar bilan harakatlanishi mumkin bo‘ladi.

Bu muddatgacha respublika fuqarolariga biometrik pasport berish ishlari tugatilishi rejalashtirilgan.
XS
SM
MD
LG