Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:56

O'zbekiston FIFA reytingida 13 pog'ona pastladi


FIFA e‘lon qilgan milliy terma jamoalarning noyabr oygi reytingida O‘zbekiston 13 pog'ona pastlab, 68-o‘ringa tushib ketdi.

Bu natija O‘zbekistonning Osiyo qit‘asi terma jamoalari orasida bir pog'ona pastlab, yana 5-o‘ringa pastlashiga sabab bo'ldi.

Eron terma jamoasi jahonda 45-o‘rinni egallab Osiyo mintaqasida eng kuchli bo‘lib turibdi. Osiyo reytingida ikkinchi o'rinni Yaponiya, uchinchi o'rinni Janubiy Koreya, to'rtinchi o'rinni esa Avstraliya jamoalari egallagan.

Jahon reytingining birinchi uchtaligi esa o'tgan oydan beri o'zgarmadi - birinchi Ispaniya, ikkinchi Germaniya, uchinchi Argentina.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O‘zbekiston dadillik bilan birinchilikni saqlab qolmoqda. Qo'shni mamlakatlarga FIFA reytingi birinchi yuztaligiga kirish nasib etmadi - Tojikiston 116, Qozog'iston 132, Turkmaniston 137, Qirg'iziston 146-o'rinda.

O‘zbekistonning FIFA reytinggida egallagan eng yuqori pog‘onasi 2006 yil noyabr oyiga to‘g‘ri keladi. Unda terma jamoamiz jahon reytingida 45-o‘rinni egallagan edi.

FIFA reytingi har oyda yangilanib turiladi. Reytingning to‘liq jadvali bilan FIFA rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG