Линклар

logo-print
Kinosevarlar orasida "Forsaj" filmlaridagi roli bilan mashhur bo'lgan amerikalik aktyor Pol Uolker Los-Anjelesda ro'y bergan avtohalokat natijasida ko'z yumdi.

Xabarlarga ko'ra, avtohalokat Uolker va uning do'sti hayriya tadbiriga ketayotgan paytda yuz bergan. Ular mingan Posrche rusumidagi avtomobil boshqaruvni yo'qotib, yo'l chetidagi ustunga borib urilgan.

Uolker avtomobilning yo'lovchi o'rindig'ida bo'lgani aytilmoqda. U bilan birga halok bo'lgan do'stining ismi hozircha ochiqlanmadi.

40 yoshda bo'lgan aktyor Pol Uolker Gollivudning "Forsaj" (Fast and Furious) kinoseriyalaridagi Brayan O'konnor roli bilan ko'pchilikka tanish.

Aktyor mazkur franshizaning beshta qismida suratga tushgan va 2014 yilda ekranlarga chiqishi kutilayotgan yettinchi qismi ustida ish olib borayotgan edi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG