Линклар

Toshkent aeroportiga majburiy qo‘ngan Rossiyaning “Severniy veter” shirkatiga qarashli samolyot yo‘lovchilarning bir qismini Toshkentda qoldirgan holda Ufaga uchib ketdi.

“Novaya gazeta”ning xabar berishicha, Bangok-Ufa yo‘nalishidagi parvozni amalga oshirayotgan mazkur samolyot dvigateli ishlamay qolgani sababli majburiy tarzda Toshkent aeroportiga qo‘ngan. Guvohlarga ko‘ra, samolyotning qo‘nish maydonchasiga yetib kelmay turib havoda portlab ketish xavfi bo‘lgan.

Toshkent aeroportida dastlabki ta‘mirdan so‘ng samolyot Ufaga uchgan. Biroq yo‘lovchilarning 30 nafari bu samolyotda uchishdan bosh tortib, aeroportda qolgan.

"Novaya gazeta" Rosavia hukumat shirkati bu voqea yuzasidan hozircha sharh berishdan tiyilayotganini yozdi.
XS
SM
MD
LG