Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:41

O‘g‘irlangan "kelin" videosi Facebookda munozaralarni keltirib chiqardi


Yaqinda Facebook tarmog‘ida paydo bo‘lgan bir video qozog‘istonliklar orasida qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi. Qozog‘istonda “kelin o‘g‘irlanishi” hodisasi tasvirlangan video Facebook mushtariylari tomonidan hozir ham muhokama qilinmoqda.

Videoni Internetda e‘lon qilgan Qayart Qojabekovning Facebook saytida yozishicha, bu hodisa Janubiy Qozog‘iston viloyatining Maqtaaral tumanida ro‘y bergan. Voqea qachon sodir bo‘lgani hozircha noma‘lum qolmoqda.

Mobil telefon yordamida olingan videoda o‘g‘irlangan bir qiz bilan uni “kelin” qilmoqchi bo‘lgan oila a‘zolari o‘rtasidagi qarama-qarshilik tasvirlangan. Baqir-chaqir qilib, qochishga urinayotgan qiz tutqunlikdan qochishga urinar ekan, uni qo‘yib yuborishlarini o‘tinib so‘raydi, eshik tomon yurishga harakat qiladi. Lekin “kuyov” bo‘lmishning yaqinlari ham 6-7 kishi bo‘lib, baqir-chaqirlar bilan uning yo‘lini to‘sishadi.

Videoda qizga nisbatan kuch qo‘llanilgani, hatto bir-ikki shapaloq tushirishganini ham ko‘rish mumkin.

Bu video Facebook tarmog‘ida paydo bo‘lishi bilanoq mushtariylar orasida qizg‘in bahslarni keltirib chiqardi. Bir necha soat ichida videoni 62 marta qayta-qayta e‘lon qilishdi.

Munozaralar ishtirokchilarining ko‘pchiligi bu qizga achingan bo‘ldi va “kuyov” tomonni zo‘ravonlkida aybladi. Voqea “odamni istagiga qarshi ozodlikdan mahrum qilish”, “inson huquqlarini toptash”, “inson taqdiri bilan o‘ynash” deya qoralandi.

Lekin videoni e‘lon qilgan Qayrat Qojabekov bu fikrlarga muqobil o‘laroq, bunday hodisa u yashaydigan mintaqa uchun odatiy hol ekanini yozdi. Uning yozishicha, o‘g‘irlangan qiz bu oilada kelin bo‘lib qolgan va hozirda bir o‘g‘ilni katta qilmoqda.
XS
SM
MD
LG