Линклар

logo-print

Vashington vakili Kiyevda namoyishchilarga shirinlik ulashdi


11 dekabr kuni Kiyevning Mustaqillik maydonida namoyishchilar bilan politsiya to‘qnashdi.

11 dekabr kuni Kiyevning Mustaqillik maydonida namoyishchilar bilan politsiya to‘qnashdi.

AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Viktoriya Nuland Ukraina Prezidenti Viktor Yanukovichga Kiyevning Mustaqillik maydonida politsiyaning namoyishchilarga qarshi xatti-harakati demokratik jamiyatda “mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydigan hol ekani”ni bildirdi. Ayni paytda, Yevropa Ittifoqining Tashqi siyosat bo‘yicha mutasaddisi Ketrin Eshton Ukraina sobiq prezidentlari bilan siyosiy bo‘hronga barham berish masalasini muhokama qildi.

11 dekabrь kuni Ukraina Prezidenti Viktor Yanukovich bilan Kiyevda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Viktoriya Nuland jurnalistlarga prezident bilan ikki soatdan ortiq davom etgan muloqot “jiddiy va realistik bo‘lgani”ni bildirdi.

Nuland Vashington Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga integratsiyalashishi istiqbolini saqlab qolish hali ham mumkinligiga ishonishini qo‘shimcha qildi.

- Uchrashuvimizdan keyin prezident Yanukovich nima qilishi kerakligini yaxshi bilib olganiga shubha qilmayman. Butun dunyo qarab turibdi. Biz Ukraina kelajagi yaxshiroq bo‘lishini xohlaymiz, deya bayonot berdi AQSh Davlat deparatamenti rasmiy vakli.

Chorshanba kuni ertalab Viktoriya Nuland Kiyevning Mustaqillik maydonida Yevropa Ittifoqi tarafdori bo‘lgan namoyishchilar bilan uchrashdi.

Nuland namoyishchilar va politsiya xodimlariga ramziy ma‘noda shirinlik va buterbrodlar tarqatdi.

AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland xalqaro hamjamiyatning Ukrainada yuzaga kelgan bo‘hronga barham berish yo‘lidagi urinishi doirasida Kiyevga borgan.

Ayni paytda, Yevropa Ittifoqining Tashqi siyosat bo‘yicha mutasaddisi Ketrin Eshton Ukraina sobiq prezidentlari bilan uchrashdi.

Xabarlarga ko‘ra, Eshtonning prezident Yanukovich bilan ham muzokara olib borishi rejalangan.

Ozodlikning Kiyevdagi muxbiri chorshanba kuni poytaxtdagi Mustaqillik maydoniga minglab namoyishchi yig‘ilgani va odamlarning maydonga kelishi davom etayotganini xabar qildi.

Yanukovich Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya haqida kelishuv imzolashni rad qilganiga qarshi Mustaqillik maydonida norozilik aktsiyasi o‘tkazayotgan namoyishchilar qurgan barrikadalar chorshanbaga o‘tar kechasi politsiya tomonidan olib tashlandi.

Ukraina Ichki ishlar vaziri Vitaliy Zaxarchenko namoyishchilar kuch bilan tarqatib yuborilmasligiga va‘da berdi.

- Men hamma tinchlanishini xohlayman. Maydon shturm qilinmaydi. Hech kim fuqarolarning tinch norozilik o‘tkazish huquqini buzmaydi. Ammo biz boshqa fuqarolarning qonuniy manffatlari va huquqlarini, shuningdek, poytaxtning normal hayotini ta‘minlashni e‘tiborsiz qoldira olmaymiz, deya bayon qildi Ukraina Ichki ishlar vaziri.

Hozirda Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Litva Tashqi ishlar vaziri Linas Linkevichus G‘arb davlatlarining og‘ir-bosiq bo‘lish haqidagi chaqirig‘iga qaramay, Kiyevda xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgani Ukraina hukumatiga ishonchni yo‘qotganini aytdi.

Bryussel shahrida Yevropa Ittifoqi yaqin munosabatlar masalasini muhokama qilish uchun Ukraina delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lmasligini bildirdi.
XS
SM
MD
LG