Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:42

Ubbiniyozovlar oilasi Nukusda ochlik e‘lon qildi


Ubbaniyozovlar oilasi olti oydan buyon ko‘chada yashamoqda
Ubbaniyozovlar oilasi olti oydan buyon ko‘chada yashamoqda
Obodonlashtirish dasturi doirasida buzilgan besh xonali uyi evaziga qiymati teng uy ololmayotgan Ubbaniyozovlar oilasi Nukus shahrida ochlik e‘lon qildi. Olti oydan oydan chodirda yashayotgan besh kishidan iborat oila Nukus shahar hokimligi taklif qilgan tovon puliga buzilgan uyning o‘rnini bosadigan uy sotib olish mumkin emasligidan shikoyat qilmoqda.

Nukus shahrining Qoraqalpog‘iston ko‘chasidagi 130-uyda yashagan Ubbiniyozovlar oilasidan to‘rt kishi, oila boshlig‘i Murat Ubbaniyozov, uning xotini Muhabbat, o‘g‘li Salomat va nogiron ukasi Davlat 8 dekabrdan boshlab muddatsiz ochlik e‘lon qildi.

Bu haqda Ozodlikka gapirgan Murat Ubbaniyozovga ko‘ra, Nukus shahar hokimligining buzib tashlangan uylariga teng keladigan uy bilan ta‘minlamagani ularni ochlik e‘lon qilishga majbur qilgan:

- Amaldorlar bizning muammomizni hal qilishni istamayapti. Boshqa ilojimiz qolmadi, agar ochlikdan o‘lmasak ham baribir ko‘chada sovuqdan o‘lib ketamiz. Kecha qor yog‘di, havo sovuq, Ko‘chada o‘tinni cho‘g‘ qilib, qozonga solib, palatkani isityapmiz, deydi Murat.

Ubbaniyozovlar oilasi joriy yilning 27 iyunidan boshlab ko‘chada yashab kelmoqda. Muratning aytishicha, shahar hokimiyati ularga buzilgan uylari uchun yetarli tovon puli bermagan yoki xuddi shunday uy bilan ta‘minlamagan:

- Biz ulardan hech qachon pul so‘ramaganmiz. Biz aka-uka bitta 2 xonali va bitta 3 xonali uyimizni qo‘shib besh xonali qilgan edik. O‘ringa o‘rin uy beringlar, dedim. Ular taklif qilgan pulga bitta 3 xonali uyni ham sotib olib bo‘lmaydi, deydi Murat.

Uning aytishicha, shahar hokimiyati ularga ko‘chib o‘tish uchun uy taklif qilgan, biroq:

- Bu uylarni borib ko‘rdik. Birining devorlari zaxdan uqalanib to‘kilib ketyapti, ikkinchisida esa umuman suv yo‘q. Bilasizmi ular bizga odam yashashi mumkin bo‘lmagan kvartiralarni taklif qilmoqda, dedi Murat Ubbaniyozov.

Ozodlik Ubbaniyozovlar oilasi muammosiga munosabat olish maqsadida Nukus shahar hokimi Jalgat O‘tayev bilan bog‘landi. Hokim qo‘ng‘irog‘imiz sababini obdon eshitgach, vaqti yo‘qligini aytib telefonni o‘chirib qo‘ydi.

Ubbaniyozovlarning kenja farzandi Sur‘at sentyabr oyida palatkada tug‘ildi. Havo sovib ketganligi bois u hozir buvisining uyida qolmoqda.

Joriy yilning 22 avgust kuni Nukus shahar hokimiyati ikki oydan buyon ko‘chada yashayotgan Ubbiniyozovlar oilasi tomonidan piket qilingan edi.
XS
SM
MD
LG