Линклар

logo-print
Ozodlikdan: "Darakchi" gazetasining yopilishi tufayli uning ishsiz qolgan jurnalistlaridan biridan quyida e‘tiboringizga havola qilinayotgan matn yetib keldi. Biz uni saytimizning "Blogiston"ida tahrirsiz chop etishga qaror qildik. Sarlavha va matn muallifiniki.

***

Yaqin oragacha “Darakchi” gazetasining yopilish arafasida turganligi haqidagi xabar ko‘pchilikning og‘zida asosiy ermak bo‘lib, gazeta xodimlari esa bu gap- so‘zlarga parvo qilmay, umidini uzmagan holda o‘z ijodini davom ettirib kelayotgan edi.

Taftishchilarning (kutilgan va kutilmagan) tashrifi esa javlon urib ijod qilib kelayotgan gazeta ijodkorlarining tinchligini buzdi.

Vaholangki, ungacha ijodkorlar gazetaning yopilishi bilan bog‘liq taxminlarga ishonishni istamay ham o‘z ijodini davom ettirib kelayotgandi.

Turli ijtimoiy tarmoqlar va ayrim (hech qaysi gazetani “Darakchi” gazetasiga raqobatdosh deya tan olmayman) gazetalar esa “Darakchi” gazetasi faoliyatining to‘xtatilishi bilan bog‘liq maqolalari bilan o‘quvchilarni o‘zlariga jalb eta boshladi (Ehtimol, hech bo‘lmasa shu yo‘l bilan tiraj miqdorini ko‘paytirmoqchi bo‘lishgandir?).

Aniqrog‘i, aynan shu vaziyat “Darakchi”ni o‘zlariga katta raqobatdosh deb hisoblayotgan boshqa gazetalar uchun qo‘l keldi desak yanglishmaymiz!

Ha, gazeta faoliyatining to‘xtatilgani rost! Xodimlarga esa hozircha, bir oy muddatga vaqtinchalik mehnat ta‘tili berildi xalos.

Achinarlisi, noyabrь oyi ish rejasinini allaqachon yakunlab ulgurgan xodimlar yangi yil bayrami arafasida oylik maoshsiz va ishsiz qoldi.

Shuncha yildan beri siyosiy-ma‘rifiy, sport, san‘at va madaniyat borasidagi o‘z qiziqarli ma‘lumotlari bilan xalq xonadoniga fayz ulashib kelayotgan “Darakchi” gazetasi va uning jonkuyar fidoiy xodimlari “KATTA O‘YINLAR” kasriga qoldi...!

Bugungacha o‘z tanlovida adashmay gazetamizga haqiqiy ashaddiy muxlisligini bildirib kelayotgan o‘quvchilarimiz esa sevimli gazetasisiz qoldi! ShUMI QORBOBONING YaNGI YIL SOVG‘ASI?” RAHMAT...!!!

Matbuot do‘konlariga gazetaning oxirgi 50-sonini harid qilish uchun kelayotgan muxlislar quruq qo‘l bilan kayfiyatsiz qaytishmoqda. Vaholangki, gazeta ijodkorlari yangi yil arafasida o‘z o‘quvchilarini xursand qilish uchun rang barang va bir biridan qiziqarli, ajoyib maqolalarni tayyorlagan edi...

Gazetaning ochilishi bilan bog‘liq dargumonli umid hech bir xodimni tark etmayotgan bo‘lsa-da, endi ular vaqtinchalik o‘z oilasi va tirikchiligi uchun boshqa ish qidirishga majbur.

Boshqa bir tirikchilik bilan shug‘ullanish uchun ham qo‘lingizda besh-to‘rt so‘m bo‘lishi kerak... Xodimlar esa bir oy davomida qilgan mehnati evaziga bo‘sh qo‘l bilan tahririyat idorasini tark etishga majbur bo‘ldi!

Qiziq, nahotki, bunday “yo‘l” tutilishidan avval besh yuzga yaqin gazeta xodimlarining ishsiz, maoshsiz qolishi bilan bog‘liq fikr yuqoridagilarni o‘ylantirmadi?

Kutilmagan “qoqilish”dan so‘ng besh yuz nafarlik “Darakchi” xodimlarini bo‘sh ish o‘rni qayerda quchoq ochib kutib turgan ekan? Asosiysi, ishsiz fuqarolarni tayinli ish bilan ta‘minlash uchun olib borilayotgan siyosat buyoqda qolib, bir kunda ishidan ajragan besh yuz nafarga yaqin xodimning ogohlantirilmagan holda ishsiz qolganligi kishini o‘ylantiradi...

Nahotki, ishsiz, maoshsiz taftish o‘tkazishning boshqa biror yo‘li yo‘q edi?

Aytish joizki, bugungi kungacha bir yoqadan bosh chiqarib, ahil va inoqlikda ijod qilib kelayotgan xodimlar birdamligida “Darakchi” rahbarlarining alohida o‘rni bor edi.

Qulay sharoitda inoq jamoa bo‘lib, muxlislarga holisona xizmat qilib kelayotgan gazeta xodimlari o‘z o‘rindiqlari bilan yig‘lab xayrlashdi... Eng qizig‘i ular boshqa bir gazetada faoliyat yuritish haqida hayollariga ham keltirishayotgani yo‘q!

Qisqasi, har bir xodim muxlislar qatorida (“YaXShILARDAN INSOF TILAB”) o‘z sevimli gazetasi “Darakchi”ning qayta faoliyat yuritishidan umidvor!

Xalq tili bilan o‘z egalariga aytilganda esa: — “Burgaga achchiq qilib ko‘rpa kuydirilmasin....

ILTIMOS!!!” “Darakchi” ning ashaddiy muxlislari diqqatiga! Sevimli gazetangizning qayta faoliyat yuritishini chin dildan istasangiz, gazetamizni himoyalab. o‘z fikringizni bildiring!

Muallif: Darakchi jurnalisti
XS
SM
MD
LG