Линклар

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Unning mamlakat siyosatida katta o‘rni bo‘lgan pochchasi sotqinlikda ayblanib qatl qilindi.

Davlatga qarashli axborot agentliklariga ko‘ra, Chan Son Txek kommunistlar tarafidan boshqarilgan Shimoliy Koreyada jiyanidan so‘ng ikkinchi eng qudratli inson edi.

Chan Son Txek harbiy sud buyrug‘i asosida otib tashlash vositasida qatl etilgani aytilmoqda.

Mamlakat rahbarining qudratli qarindoshining qatl qilinishi Kim Chen Unning tahtga o‘tirganidan so‘ng Shimoliy Koreya rejimida yuz bergan eng katta o‘zgarish deya talqin qilinmoqda.

Joriy hafta boshida Chan Son Txek partiya yig‘ini paytida harbiylar tarafidan hibsga olingan va keyinroq qator qonunbuzarliklar, jumladan, qimorbozlik va moliyaviy firibgarliklarda ayblanib, barcha lavozimlaridan bo‘shatilgan edi.

Davlat axborot agentliklari hibsga olinganidan so‘ng Txekni “itdan ham battar” inson deya ta‘rifladi.

Chan Son Txek otasi o‘limidan so‘ng Shimoliy Koreya rahbarligini o‘z qo‘liga olgan jiyani Kim Chen Unga mamlakatni boshqarishda yaqindan yordam berib kelgani aytiladi.

Txek Kim Chon Unning ammasi, Shimoliy Koreyaning sobiq rahbari Kim Chen Ir singlisining turmush o‘rtog‘i edi.
XS
SM
MD
LG