Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:44

Soliq qo‘mitasi O‘zbekistonga mashina olib kirish qoidalarini tushuntirdi


O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi avtomobilni Rossiya Federatsiyasi va Ukrainadagi ixtisoslashgan savdo tarmog‘idan sotib olgan fuqaro o‘sha avtomobilni O‘zbekiston hududiga olib kirayotganida xarid uchun olinadigan yig‘imni va (yoki) vaqtincha olib kirish uchun olinadigan yig‘imni to‘lashdan ozod qilinadi.

Bu me‘yor Soliq kodeksining 324-moddasida belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekistonga avtomobil olib kirish qoidalariga oid bu va boshqa ma‘lumotlar yaqinda Toshkentda o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi.

O‘zbekistonga mashina olib kirish qanchaga tushadi? Bu – Ozodlikka tinglovchilaridan tez-tez kelib turadigan savollardan biri.

OzodJavob eshittirishining bir soni o‘z vaqtida aynan shu savol javobiga bag‘ishlangan edi.

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Respublika Yo‘l jamg‘armasi bilan hamkorlikda aynan shu masalaga yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazgani to‘g‘risida Podrobno.uz sayti xabar qildi.

Matbuot anjumanidan tilga olingan nashr tayyorlagan xabarda mana bu ma‘lumotlar mavjud:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan bu mamlakat hududiga jismoniy va yuridik shaxslar transport vositalari olib kirishi mumkin.

O‘zbekiston hududida doimiy yashash joyi bo‘lmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslar shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun chet el transport vositalarini O‘zbekistonga vaqtincha olib kirishi mumkin.

O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan transport vositalari bojxona idoralarida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishi kerak.

Soliq kodeksining 320-moddasiga binoan xarid qilingan va (yoki) respublika hududiga vaqtincha olib kiriladigan avtotransport vositasi uchun Respublika Yo‘l jamg‘armasiga yig‘im to‘lanadi.

Bundan tashqari xarid qilingan va (yoki) respublika hududiga vaqtincha olib kiriladigan avtotransport vositasi uchun uning egasi yoki undan foydalanuvchi shaxs avtotransport vositasini O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazayotgan paytda transport vositasining ekspluatatsiya muddatidan kelib chiqib har bir ot kuchi uchun minimal ish haqiga nisbatan foiz hisobida yig‘im to‘laydi.

Agar avtomobil 3 yilgacha bo‘lgan muddat ekspluatatsiya qilingan bo‘lsa, uning egasi minimal ish haqining 10% i, 3 yildan 7 yilgacha bo‘lsa, 7%, 7 yildan ko‘p ekspluatatsiya qilingan bo‘lsa 5% miqdorida yig‘im to‘laydi.

Soliq kodeksining 324-moddasida belgilab qo‘yilgan me‘yorga binoan quyidagi kategoriyalarga kiruvchilar transport vositasini O‘zbekiston hududiga olib kirayotganida xarid uchun olinadigan yig‘imni va (yoki) vaqtincha olib kirish uchun olinadigan yig‘imni to‘lashdan ozod qilinadi:

- zavod tomonidan qo‘lda boshqarishga mo‘ljallab chiqarilgan yengil avtomobil yoki motoarava sotib oluvchi barcha guruhlar nogironlari;

- O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi avtomobilni Rossiya Federatsiyasi va Ukrainadagi ixtisoslashgan savdo tarmog‘idan sotib olgan fuqarolar;

- yaqin qarindoshlaridan sovg‘a shartnomasiga asosan yoki meros sifatida avtomobil yoki motoarava oladigan fuqarolar.

Bu ma‘lumotlarni Ozodlikning aynan shu mavzuga bag‘ishlangan maxsus eshittirishida keltirilgan ma‘lumotlarga qiyoslashingiz mumkin.

Qiyosdan paydo bo‘ladigan savollariningizni yozib yuboring. Ularning javobini yana OzodJavob orqali olishingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG