Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:45

Dunyoda 14 million odam saratonga chalingan


Jahon Salomatlikni saqlash tashkilotining so‘nggi tadqiqoti natijasida dunyoda saraton kasaliga chalingan odamlar soni 14 millionga yetgani aniqlandi.

Ma‘lumotda aytilishicha, bu 2008 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 12 million 700 ming odamga ko‘pdir. Bu darddan vafot etganlar soni esa o‘tgan yili 8 million 200 ming kishini tashkil qilgan.

Tamaki chekish tufayli saratonga chalinganlar soni 1 million 800 ming kishi ekani aniqlangan. Dunyoning 140 davlatida ayollarning ko‘krak saratoni ko‘payib borayotgani qayd etilgan.
XS
SM
MD
LG