Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:50

Gulnora Karimovaning sobiq qaynotasi Abdurauf Maqsudiy vafot etdi


Amerikalik taniqli o‘zbek tadbirkori Abdurauf Maqsudiy (o‘ngdan uchinchi). Dunyouzbeklari.com saytidan olingan surat.
Amerikalik taniqli o‘zbek tadbirkori Abdurauf Maqsudiy (o‘ngdan uchinchi). Dunyouzbeklari.com saytidan olingan surat.
So‘nggi yillarda 81 yoshdagi Abdurauf Maqsudiyning sog‘ligi yomonlashgan edi.

Maqsudiylar oilasini yaqindan bilgan tadbirkor Farxod Inog‘omboyev Ozodlik bilan suhbatda Abdurauf Maqsudiyni bag‘ri keng yaxshi inson bo‘lgan deb xotirladi.

- Ulug‘ inson edilar. O‘zbekistonning birinchi mustaqillik yillarida mamlakat iqtisodiyotiga juda ko‘p hissa qo‘shgan, minglab odam hayotiga ko‘p yaxshilik kiritgan inson edilar. Ko‘pchilik yaxshilik bilan xotirlaydigan, yaxshilik bilan tilga oladigan inson edilar. O‘zi asli Marg‘ilonda tug‘ilganlar. Olloh rahmat qilsin, -dedi Farxod Inog‘omboyev.

Abdurauf Maqsudiy 15 dekabr kuni Nyu Jersi shtatidagi musulmonlar qabristoniga ko‘miladi.

O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida maqsudiylarning mamlakat istisodiy va siyosiy hayotida muhim o‘rni bo‘lgani aytiladi.

90-yillar boshida Abdurauf Maqsudiy dunyo davlatlarida yashaydigan o‘zbeklarni birlashtirgan “El” tashkilotiga rahbarlik qilgan. Tashkilot tashabbusi bilan uyushtirilgan Jahon o‘zbeklari qurultoyida Islom Karimov ham qatnashgan.

1991 yil noyabrida Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston prezidenti etib saylanishidan bir oy oldin 19 yoshda bo‘lgan Gulnora Karimova Abdurauf Maqsudiyning o‘g‘li Mansur Maqsudiyga turmushga chiqqan.

Shundan so‘ng Maqsudiylar oilasining O‘zbekiston iqtisodiyotidagi roli ortib borgan.

Afg‘onistonlik o‘zbek ziyolilaridan biri Ozodlik bilan suhbatda Abdurauf Maqsudiyni O‘zbekistondagi faoliyati davomida ko‘proq shaxsiy manfaatlarini ko‘zlagan inson sifatida xotirladi

- Xoji Abdurauf Maqsudiy Afg‘onistonda ancha savdogar, tadbirkor odam bo‘lgan. O‘zbekiston mustaqil bo‘lganida O‘zbekistonga borib savdo ishlari bilan shug‘ullangan, Coca-Cola zavodini qurgan. Yaqindan tanirdim. Ham Afg‘onistonda, Kobulda bo‘lganmiz. Undan keyin O‘zbekistonda, Toshkentda bir necha marta ko‘rganman.

O‘zbekistonda munosabatlari yaxshi bo‘lmaganidan keyin mamlakatdan chiqib ketgan. Inson sifatida, albatta ko‘proq o‘z manfaatini o‘ylagan odam. O‘zbekistonga borib tijorat qilib, O‘zbekistonga xizmat qilaman, deb aytgan bo‘lsa ham, menimcha, ko‘proq shaxsiy manfaatini o‘ylagan inson, deydi afg‘onistonlik o‘zbek ziyolisi.

Toshkentdagi Oq Tepa mavzesidagi "Qatortol" majmuasi Maqsudiylar oilasi tomonidan tashkil etilgan.

Maqsudiylar oilasiga qarashli bo‘lgan "Roz Trading" shirkati o‘sha “Qatortol”da xorijdan keltirilgan tovarlarni ulgurji narxda sotgan.

2001 yilning avgustida Mansur Maqsudiy turmush o‘rtog‘i Gulnora Karimova bilan ajrashishga qaror qilganidan keyin Maqsudiylarga tegishli bo‘lgan O‘zbekistondagi "Coca-Cola", "Roz Trading" shirkatlarida taftish boshlangan.

Oqibatda, Maqsudiylarning bir qancha qarindoshi jinoyat sodir etganlikda gumonlanib xibsga olingan.

Maqsudiylar oilasi O‘zbekistondan “badarg‘a” qilinib, ularga tegishli barcha savdo shohobchalari, jumladan, yuqorida tilga olingan shirkatlar “tortib” olingan.
XS
SM
MD
LG