Линклар

logo-print
Yaqin kunlarda o‘zbekistonliklar internet orqali ish qidirish va ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorligida “Ish o‘rinlari va mutaxassis kadrlar ma‘lumotlarini joylashtirish va qidirish onlayn tizimi”ni ishlab chiqmoqda.

Tez kunlarda ishga tushirilishi aytilayotgan mazkur dastur asosida 193 tuman va shaharlardagi ishchi o‘rinlari haqida elektron ma‘lumot berib boriladi. Ma‘lumotlar har oyda yangilab boriladi.

Vazirlikning bildirishicha, hozirgi kunda tizimda 74 mingdan ko‘proq bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma‘lumot berilgan. Bundan tashqari ish qidirayotgan odamlarning 43 397 ta rezyumesi joylashtirilgan.
XS
SM
MD
LG