Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 07:38

Yevropa ham, Moskva ham Ukrainaga imtiyozlar taklif qilmoqda


Ukrainada yevrointegratsiya tarafdorlarining askil-hukumat namoyishlari davom etarkan Yevropa Ittifoqi ham, Rossiya ham yaqinroq aloqalar evaziga Ukrainaga iqtisodiy va moliyaviy imtiyozlarni taklif qilishga tayyorligini bildirmoqda. Yevropa, hamkorlik bitimi imzolanishiga to‘sqinlik qilgan yaqin istiqboldagi iqtisodiy muammolarni barataf qilishni taklif qilgan bo‘lsa, Moskva Ukraina hozirda boshdan kechirayotgan qiyinchiliklarni yengillashtirish uchun kredit taklif qilmoqda.

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha oliy vakili Ketrin Eshton Ukraina Prezidenti Viktor Yanukovichning ittifoq bilan hamkorlik bitimini imzolamasligiga sabab bo‘lgan “qisqa muddatdagi” moliyaviy muammolarga doir xavotirlari barataf qilinishi mumkinligini bildirdi.

Dushanba kuni Bryusselda o‘tadigan YeI Tashqi ishlar kengashi uchrashuvi arafasida gapirgan Eshton ittifoq Yanukovich bilan “bu xavotirlarni baratarf qilish ustida ishlashi” mumkin, deya bildirdi.

- Biz aytilayotgan ba‘zi narsalarga qarab, bundan juda tashvishga tushyapmiz. Men prezident Yanukovich bilan muzokara qilishimdan maqsad qiqsqa muddatda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan va uning Assotsiatsiyaga kirishish bitimini imzolashiga to‘sqinlik qilgan iqtisodiy masalalarni aniqlashdan iborat edi. Mening tushunishimcha, u bilan mazkur masalalarni hal qilish ustida ishlay olamiz. Bu masalalarning ba‘zilari Yevropa Ittifoqi yordamida, boshqalari moliyaviy muassasalar orqali, yana ba‘zilari xususiy sektor ishtirokida hal qilinishi mumkin. Lekin bu muammolarning barchasini hal qilib bo‘ladi,- dedi Eshton.

Ayni paytda, Kreml maslahatchisi Andrey Belousov seshanba kuni Moskvada Yanukovich bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida o‘tkaziladigan muzokaralarda Ukraina hozirda boshdan kechirayotgan iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun Kiyevga kredit berish masalasi muhokama qilinishi mumkinligini bildirdi.

“Vedomosti” nashri uyushtirgan matbuot anjumanida Rossiya prezidenti yordamchisi Belousov Ukraina hukumati yordam surab, Rossiya hukumatiga murojaat qilsa, darhol ijobiy javob olishi mumkinligiga ishora qildi.

- Ukrainadagi vaziyat hozirda shunday ahvoldaki, u yoki bu tomondan biror xil kredit olmasdan ular iqtisodiy muvozanatni saqlab qola olmaydi. Men shunday murojaat qilinsa, kredit berilishi mumkinligini inkor etmayman,- dedi Andrey Belousov.

Belousov Rossiya Ukrainga qarcha taklif qilishi mumkinligiga oid aniq raqamlarni ochiqlamadi. Lekin Ukrainadagi ba‘zi manbalardan olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, gap Moskvaning 15 milliard AQSh dollari, jumladan avans tariqasida 3 milliarddan 5 milliardgacha taklif qilishi mumkinligi haqida ketmoqda.

Hozircha Bryussel Kiyevga taklif qilgan yordam 610 million yevroga (taxminan 838 million AQSh dollari) teng xolos.

Ukraina Energiya vaziri Eduard Stavitskiy Moskva muzokaralarida Ukraina uchun Rossiya gazi narxining pasaytirilishiga katta imkonlar borligini aytmoqda.

Seshanba kuni erishiladigan har qanday kelishuv Moskva Ukrainani o‘z siyosiy va iqtisodiy ta‘sir doirasida qoldira olganidan darak bo‘ladi.

Yanukovich o‘tgan oyda Vilnyusda o‘tgan sammitda, kutilmaganda Yevropa Ittifoqi bilan Assotsiatsiyaga kirishish to‘g‘risidagi bitimni imzolashdan bosh tortdi. Bu qarorni ko‘pchilik Ukrainani Bojxona Ittifoqiga qo‘shishga harakat qilayotgan Rossiyaning bosimi ostida qabul qilingan, deb ko‘rmoqda.

Yakshanba kuni YeIning kengayish masalalari bo‘yicha oliy komissari Shtefan Fyule Twitter sahifasi orqali Ukraina bilan Assotsiatsiya bitimini imzolashga doir muzokaralar vaqtincha to‘xtatilayotganini e‘lon qildi. YeI rasmiysi bu qarorni Kiyev rasmiylarining goh Bryussel, goh Moskva tomon burilayotgani bilan izohladi.

Lekin Fyulening bunday izohi Hollandiya Tashqi ishlar vaziri Frans Timmermanning tanqidiga uchradi. “Twitter orqali izoh berishga asoslangan siyosat masalaga yondashishning eng to‘g‘ri yo‘li bo‘lmasa kerak”, dedi Hollandiya diplomati.

Fyulening matbuot kotibi dushanba kuni qilgan chiqishida “Assotsiatsiya bitimiga doir ishlar to‘xtatilgani yo‘q, chunki aslida bu ishlar o‘tgan yili to‘laligicha yakunlangan edi”, deya vaziyatni yumshatgan bo‘ldi.

Kiyevda esa, o‘tgan tunda ham minglab aksil-hukumat namoyishchilari Mustaqillik maydonida qoldi. Yakshanba kuni yevrointegratsiya tarafdorlari noroziligiga 200 mingga yaqin oadm chiqdi.

Namoyishchilar seshanba kuni Yanukovich Moskvaga safar qilayotgan paytda ommaviy noroziliklarni davom ettirishga chaqirmoqda.

Ukraina muxolifati yetakchisi Oleh Tyaxnibok Yanukovichni Ukrainani sotmaslikdan ogohlantirdi.

- Biz, zamonaviy ukrainaliklar, kelgusida Moskva o‘zining chirkin etiklari bilan ukrainaliklarni bosmasligi uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz kerak. Ana shu bois prezident Yanukovichga Moskvada millat manfaatlariga zid keladigan har qanday kelishuvni imzolashini taqiqlaymiz, dedi muxolifatchi.

Yanukovich doxil Mintaqalar partiyasidan saylangan deputat Anna German dushanba kuni qilgan chiqishida iqtidordagi partiya ichida ham ziddiyatlar kuchaygani va hukumat takibini “90 foizga o‘zgartirish”ni istovchilar ko‘payganini bildirdi.
XS
SM
MD
LG