Линклар

Jizzaxdda avtomobillarga metan gazi quyish shoxobchasida Neksiya mashinasi portladi. Ozodlikning Jizzaxdagi mobil muxbiriga ko‘ra, voqea soat 14.30lar atrofida shaharning Toshkent ko‘chasida joylashagan gaz quyish shoxobchasida ro‘y bergan.

Voqeada bir kishi jarohatlangan va kasalxonaga olib ketilgan. Ozodlik manbalariga ko‘ra, portlash Neksiya mashinasi orqasida joylashgan gaz balloni metan gazi bilan to‘ldirilayotgan paytda ro‘y bergan.

O‘zbekistonda gaz ballon o‘rnatilgan mashinalarning portlashi tez-tez uchramoqda.

Oktyabr oyi oxirida Toshkent katta xalqa yo‘lining Qo‘yliq buyum bozori hududida Neksiya avtomobiliga o‘rnatilgan metan gaz balloni portlashi oqibatida ikki odam halok bo‘lib, olti odam jarohatlangan edi.

Undan bir necha kun avval Toshkent shahrining Qo‘yliq bozori yaqinidagi ko‘chada yana bir Neksiya rusumidagi avtomobil portlab, mashinadagi to‘rt kishi halok bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG