Линклар

Myunxenning "Bavariya" futbol jamoasi Marokashda o'tayotgan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining final bosqichiga chiqdi.

Yarim final uchrashuvida myunxenliklar Xitoyning "Guanjou Evergrande" jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etishdi.

Ushbu uchrashuvdagi gollarga "Oltin to'p" sovriniga nomzod Frank Riberi (40), Mario Manjukich (44) va Mario Gyotselar (47) mualliflik qildi.

"Bavariya"ning final uchrashuvidagi raqibi 18 dekabr kuni Marokashning "Raya Kasablanka" va Braziliyaning "Atletiko Mineyro" jamoalari o'rtasida o'tadigan yarim final uchrashuvidan so'ng aniqlanadi. Final uchrashuvi 21 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida FIFA tarkibiga kiruvchi olti mintaqaviy futbol konfederatsiyalarining chempionlari hamda mezbon mamlakat chempioni qatnashadi.

Yaponiyada bo'lib o'tgan 2012 yilgi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida Braziliyaning "Korintians" jamoasi g'alaba qozongan edi.

"Bavariya" - "Guanjou Evergrande" 3:0

Yangilanish (19.12.2013):
21 dekabr kuni o'tadigan final uchrashuvida Myunxenning "Bavariya" klubi Marokashning "Raya Kasablanka" jamoasi bilan bellashadi. Yarim final uchrashuvida marokashliklar Braziliyaning "Atletiko Mineyro" jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG