Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 21:00

Ukrainada O‘zbekiston fuqarosi 200 kilogramm nosvoy bilan ushlandi


Ukraina sharqidagi Xarkov shahrida chegarachilar O‘zbekiston fuqarosidan 200 kilogramm nos musodara qildi.

Bu haqda Ukraina Davlat Chegara Xizmatidagi manbasiga asoslanib Ukrinform axborot agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 200 kilogramm nosvoy 17 dekabrь kuni Ukrainaga "Toshkent-Harkov" yo‘nalishidagi poyezdda kelgan 23 yoshli samarqandlik yigitga tegishli sumkalarda topilgan.

Ukraina chegara xizmati xodimiga ko‘ra, nosvoy musodara qilingan, qonunbuzar o‘zbekistonlik esa bojxona bo‘limi xodimlariga topshirilgan.

"Toshkent-Xarkov" yo‘nalishidagi poyezdda nos maxsulotlarining musodara qilinishi odatiy holga aylanib qolgani aytiladi.

Masalan, 2011 yilning oktyabrь oyida aynan shu poyezdda Ukrainaga noqonuniy ravishda olib kirilayotgan 300 kilogramm nosvoy musodara qilingan.

Joriy yilning noyabrь oyida esa Xarkov shahrida 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 35 kilogramm nos bilan hibsga olingan edi.
XS
SM
MD
LG