Линклар

O‘zbekistonlik futbolchi Qozog‘istonning eng yaxshi legioneri bo‘ldi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchilari Aleksandr Geynrix (chapda) va Temur Kapadze.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchilari Aleksandr Geynrix (chapda) va Temur Kapadze.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Qozog‘istonning "Aktobe" klubi yarim himoyachisi Temur Kapadze Qozog‘iston Premyer-Ligasida 2013 yilgi mavsumining eng yaxshi legioner futbolchisi deb topildi.

Mavsumning eng yaxshi futbolchilari Qozog‘iston Premyer-Ligasi rasmiy sayti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov yakunlariga ko‘ra aniqlandi.

Eslatamiz, 32 yoshli Temur Kapadze "Aktobe" klubi safida 2013 yilning yakuniga yetgan mavsumida Qozog‘iston chempioni bo‘lgandi.

Mavsum davomida O‘zbekistonlik futbolchi 28ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Qozog‘istonning "Aktobe" futbol klubida yana ikki o‘zbekistonlik futbolchi - Aleksandr Geynrix va Marat Bikmayevlar ham faoliyat yuritadi.
XS
SM
MD
LG