Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:29

Gulnora Karimova: Otam onamning fitnalaridan bexabar


Gulnora Karimovaning aytishicha, onasi Tatyana Karimova va singlisi Lola Karimovaning fitnalaridan otasi Islom Karimov bexabardir.
Gulnora Karimovaning aytishicha, onasi Tatyana Karimova va singlisi Lola Karimovaning fitnalaridan otasi Islom Karimov bexabardir.
Gulnora Karimova Britaniyaning Guardian gazetasiga ham intervyu berdi. Jahonning eng nufuzli nashrlaridan biri hisoblangan gazetada juma kuni paydo bo‘lgan intervyuda O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi yana onasi va singlisini o‘ziga qarshi barbod qilish kampaniyasini avj oldirganlikda aybladi.

Gulnora Karimovaning intervьyuda aytishicha, prezident Islom Karimov hozirda yuzaga kelgan vaziyatning ko‘p jihatlaridan, xususan rafiqasi Tatyana Karimova uyushtirayotgan fitnalardan bexabar qolmoqda. Uning aytishicha, onasi va singlisi o‘zlarining kelajagini o‘ylab, O‘zbekiston maxfiy xizmatlari bilan til biriktirgan holda uni, ya‘ni Gulnora Karimovani yo‘q qilish harakatlarini boshlagan.

Gulnora Karimovaning yana aytishicha, hamma janjal singlisi Lola Karimova-Tillayevaning Bi-Bi-Siga intervyu berishidan boshlangan. Prezidentning to‘ng‘ich qizi bu intervyuni siyosiy qadam deya baholab, unda bildirilgan fikrlarning ba‘zilarini “oilaga nisbatan xiyonat”, deya baholaydi. Xususan, Lola Karimova-Tillayeva o‘z milliardlarini himoya qilish uchun bergan bu intervyusida, prezident Karimovni “diktator” deb atashlariga e‘tirozi yo‘qligini aytgani, Gulnora Karimovaning ta‘kidlashicha, “xiyonat” bo‘lgan va otasi bundan “qattiq ranjiganini” aytgan.

Guardian gazetasiga bergan intervyusida Gulnora Karimova yana bir bor hech qachon prezident bo‘lish niyatlari bo‘lmaganini ta‘kidlab, aslida singlisi Lolaning prezidentlik ambitsiyalari borligiga ishora qiladi.

Gulnora Karimova O‘zbekistonda qolayotgani va mamlakatni tark etish niyati yo‘qligini ham iddao qiladi. “Men o‘zbeklarni yaxshi ko‘raman. Ular qanchalik siyosat va puldan yiroq bo‘lishsa, ular bilan o‘zimni shunchalik qulayroq his qilaman”, deya qo‘shimcha qiladi u.

O‘zbekistonda, ma‘lum ma‘noda, iqtidordan masofalantirilgan Gulnora Karimova ikki hafta ichida xorij matlubotiga ikkinchi marta intervyu bermoqda.

O‘tgan hafta boshida Turkiyaning “Hurriyat” gazetasiga bergan intervyusida ham Gulnora Karimova onasi va singlisini O‘zbekiston maxfiy xizmatlari bilan til biriktirgan holda katta miqdorda pullarni o‘marganlik va uni yo‘q qilishga urinayotganlikda ayblagan edi.
XS
SM
MD
LG