Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:31

Rus shoirasining "Samarqandga qasida"si rekordlar kitobiga kiritildi


Moskvalik shoira Irina Alekseyevaning “Samarqandga qasida”si Rossiya rekordlar kitobiga kiritilgani to‘g‘risida kun.uz sayti kuni kecha “Pravda Vostoka” gazetasining 19 dekabr kungi xabariga tayanib xabar qildi.

Aytilishicha, rossiyalik ekspertlar “Samarqandga qasida”ni “bitta bosma nashrda eng ko‘p tarjimasi bilan birga bosilgan she‘r” sifatida g‘ayritabiiy ko‘rsatkichlar kitobida qayd etgan.

“Asl nomi “Sharq durdonasi” bo‘lgan she‘riy qasida jahonning 50 mamlakatidan kelgan 70 nafar shoir va tarjimon ishtirokida 62 tilga tarjima qilingan. Kitob “Samarkandiana” loyihasi doirasida chop etilgan bo‘lib, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e‘lon qilingan madaniyatlar yaqinlashuvi Xalqaro o‘n yilligi (2013-2022 yillar)ga bag‘ishlangan”, deyilgan kun.uz xabarida.

Xabarda, shunigdek, nashrda ingliz, nemis, frantsuz, italyan, o‘zbek va esperanto tillaridagi annotatsiyalar bor ekanligi, kitob taqdimoti 2013 yil oktyabrida, Samarqand shahri kunida aynan Samarqandning o‘zida bo‘lib o‘tgani aytilgan.

“Samarqandga qasida” muallifi shoira va essenavis Irina Saveryevna Alekseyeva Moskva shahar yozuvchilar uyushmasi a‘zosi. Birinchi she‘ri 1988 yili e‘lon qilingan. Rossiyada nashr etiladigan “Yunost”, “Lyudi i pesni” “Za semyu pechatyami" va "Marka" jurnallarida muharrir, bosh muharrir va yetakchi muharrir lavzimlarida ishlagan. Qator kitoblar muallifi.
XS
SM
MD
LG