Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:44

Tojikistonda Suriyada jang qilgan 5 fuqaro qamaldi


Tojikiston Oliy sudi
Tojikiston Oliy sudi
Tojikiston Oliy sudi mamlakatning besh fuqarosini Suriyada hukumat kuchlariga qarshi jang qilgani uchun 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qildi.

Tojikiston Milliy xavfsizlik xizmati davlat qo‘mitasining ma‘lum qilishicha, beshovlon Suriyadagi Xalqaro universitetda tahsil olib yurgan paytida hukumatga qarshi jang harakatlariga qo‘shilib ketgan.

Ular shu yilning oktyabr oyida - Suriyadan Tojikistonga qaytishi bilan hibsga olingan edi.

Tojikiston qonunchiligida "yollanma jangchilik" harakati nazarda tutilmagani uchun bu fuqarolar "jinoiy guruh tarkibida harakat qilish va boshqa qurolli guruhlarga birlashish" aybi bilan jazoga tortildi.

Bunga qadar Suriyadagi jang maydonlarida bir necha tojikistonlik jangchi o‘ldirilgani haqida xabar berilgan edi.
XS
SM
MD
LG