Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:09

Skype'ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hakerlar hujumiga uchradi


Skype shirkatining yirik ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari "Suriya elektron armiyasi" hakerlar guruhining hujumiga uchradi.

1 yanvar kuni uyushtirilgan hujumlar natijasida hakerlar shirkatning Facebook va Twitter tarmoqlaridagi sahifalari hamda rasmiy blogini vaqtincha nazoratga olgan.

Hakerlar ushbu sahifalar orqali internet foydalanuvchilarini Microsoft shirkatiga tegishli Hotmail va Outlook pochta xizmatlaridan foydalanmaslikka chaqirishdi.

Hakerlar iddaosiga ko‘ra, mazkur xizmatlar foydalanuvchilarga tegishli shaxsiy ma‘lumotlarni maxfiy xizmatlar bilan o‘rtoqlashadi.

Eslatamiz, Skype xizmati 2011 yili Microsoft tarafidan 8,5 milliard AQSh dollariga sotib olingan edi.

Ayni damda Skype hujumga uchragan sahifalari ustidan nazoratni to‘liq tiklagani aytilmoqda.

Suriya prezidenti Bashar Assad rejimini yoqlovchi "Suriya elektron armiyasi" hakerlar guruhi qator yirik shirkatlar vebsaytlari, jumladan, FIFA tashkiloti, "Al Jazira" telekanali va Associated Press agentligi internet sahifalariga hujumlar uyushtirgan.
XS
SM
MD
LG